Özbekistonga Leapmotor brendi ostidagi avtomobillar importi taqiqlanib, keyinroq ruxsat berilişi ortidan Xitoy kompaniyasi Özbekiston rasmiylari bilan hamkorlik örnatadigan böldi.

“Leapmotor Automobile Co. Ltd.” kompaniyasi 13 aprel kuni Özbekiston Texnik tartibga soliş agentligi va UzTest markaziga xat yöllagan.

UzTest xabariga köra, uşbu xat bilan kompaniya “Özbekiston hududiga ruxsatsiz distribyutorlar orqali olib kirilgan C16 rusumli avtomobil holatini tan olib, bunga oid muammolarni bartaraf etiş böyiça bir qator çoralarni körişga tayyor ekanligi”ni bildirgan.

Xatga köra, Leapmotor kompaniyasi quyidagilarni tasdiqlagan:

  • Özbekiston Respublikasida faoliyatini faqat rasmiy distribyutor orqali davom ettiradi.
  • Norasmiy (ruxsatsiz) olib kirilgan avtomobillar kompaniya tomonidan tan olinmaydi va ular uçun rasmiy kafolat va xizmatlar taqdim etilmaydi.
  • Keyingi 14 kun içida Leapmotor'ning işlab çiqariş zavodida UzTest mutaxassislari iştirokida texnik audit ötkaziladi. Unda yangi modellar – B10EV va B10EREV böyiça sinov hisobotlari taqdim etilişi hamda laboratoriyalarga taniştiruv ekskursiyasi taşkil etilişi közda tutilgan.
  • Turni tasdiqlaş hujjatini (OTTC) oliş böyiça sinov jarayonlari tez fursatda yakunlanadi.
  • Kelgusida UzTest bilan sifat nazoratini kuçaytirişga qaratilgan keng qamrovli hamkorlik yölga qöyiladi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonga jismoniy şaxs nomiga olib kirilgan Leapmotor S16 rusumli elektromobildan Piskent laboratoriyasida nuqson topilgani vaji bilan mart oyi oxiridan Leapmotor brendi ostidagi barça avtomobillar importi töxtatib qöyilgan edi.

14 aprelga kelib, Xitoy kompaniyasi vakili iştirokida boşqa bir C16 sinovdan ötkazildi va sinovning ijobiy natijasiga asosan, taqiq şartli ravişda yeçildi. Buning evaziga Leapmotor'ga Özbekistondagi rasmiy vakili (yuridik şaxs)ni belgilaş, import modellarining turini ma’qullaş uçun zarur hujjatlarni taqdim qiliş va öz zavodlarida işlab çiqariş jarayonlari va şartlarini örganiş va baholaş majburiyatlari yuklatildi