The Washington Post jurnalistlari 13 aprel kuni Sumi şahrida harbiy xizmatçilarni taqdirlaş marosimida iştirok etgan ukrainalik harbiy, 38 yoşli Oleksandr bilan gaplaşdi. Uşbu marosim çoğida Rossiya qöşini şahar böylab raketa zarbasi yöllagandi. Oleksandrning sözlariga köra, marosim Sumi universiteti binosi yertölasida ötkazilgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, raketa zarbasi oqibatida 35 kişi halok bölib, qariyb 130 kişi jarohatlangan. 

Marosimda Oleksandr xizmatni ötayotgan 117-brigada harbiylari ham iştirok etgan. Rossiya zarbasi vaqtida harbiylar yer ostida xavfsizlikda bölişgan. Oleksandrning aytişiça, içkaridagilardan heç kim jabrlanmagan. Zarba vaqtida Oleksandrning rafiqasi va farzandlari köçada bölgan. Uning olti yoşli ögay qizining öpka qismiga oskolka kelib tekkan.  

Jurnalistlar bilan muloqot çoğida Oleksandr bunday marosim ötkazilişini mas’uliyatsizlik va keraksiz harakat deb atagan — Rossiya çegarasidan 30 kilometr masofada joylaşgan şahar kuçli havo hujumidan mudofaa tizimiga ega emas va muntazam ravişda hujumlarga duçor böladi. Ukrainalik askar Belgorod oblastidagi janglarda qatnaşgani va uni taqdirlaş marosimi uçun Sumiga çaqirib olişganini aytgan. Oleksandrning aytişiça, bu uning ğazabini qözitgan. 

«Bu medallar va qoğozlar menga kerak emas. Men barça rus askarlarini öldirib, tinç hayotga qaytmoqçiman», – deydi u The Washington Post gazetasiga qizi davolanayotgan şifoxonada bergan intervyusida. Oleksandr tinç aholining ölimi uçun Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Volodimir Artyuxni «100 foiz javobgar» deb hisoblaydi.

The Washington Post naşri yozişiça, zarba kuni Sumi şahrining madaniyat markazi va davlat universiteti joylaşgan markaziy qismi odamlar bilan gavjum bölgan, çunki bu «dastlabki çinakamiga bahoriy dam oliş kuni» va Pasxadan oldingi oxirgi yakşanba edi. Harbiylarni taqdirlaş marosimi universitet yertölasida ertalab soat 10 da boşlangan. Köp ötmay şahar markaziga Rossiyaning ikkita raketasi uçib kelgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bergan ma’lumotga köra, ulardan birinçisi universitet binolaridan biriga tuşgan, ikkinçisi köça ustida portlagan.

Ukraina rasmiylari Sumi şahrida harbiylarni taqdirlaş marosimi ötkazilganini rasman tasdiqlamadi. Ammo ukrainalik ayrim siyosatçilar zarbadan keyingi dastlabki soatlardayoq bu haqda e’lon qilişgandi. Xususan, Sumi oblastining Konotop şahri meri Artem Semenixin rossiyalik harbiylar Volodimir Artyux bilan kelişilgan va taşkil etilgan 117-hududiy mudofaa brigadasi harbiylarini taqdirlaş marosimi bölib ötayotgan paytda Sumini öqqa tutganini aytdi. Keyinroq Artyuxning özi Sumi şahri markaziga raketa hujumi uyuştirilgan kuni şaharda ukrainalik harbiylarni taqdirlaş rejalaştirilgan bölganini tan oldi. «Bunda mening taşabbusim yöq edi. Meni taklif qilişgandi», – dedi u. 15 aprel kuni Ukraina hukumati Artyuxni Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari lavozimidan böşatişga rozilik bergani ma’lum böldi. Biroq hozirça Ukraina prezidentining tegişli farmoni e’lon qilinmadi.