Moskvada qirğizistonliklar tahqirlandi: Özbekiston bunday holatlarning oldini olmoqçi. Özi 300 dollar turadigan mopedni sertifikatlaş ham 300 dollarga boryapti: prezident eskirgan talablarni tanqid qildi. Jizzaxda AES qurilişi boşlandi: loyiha qiymati hamon noma’lum. Marğilonda metan şoxobçasida portlaş: propan ballonga metan quyilgan. Haftaning asosiy voqealari – Kun.uz dayjestida.

Moskvada kaltaklangan qirğizistonliklar va Baxtiyor Saidovga parlament sörovi

Özbekistonda Rossiya fuqarolarini birov kamsitmaydi, huquq-tartibot idoralari ularni xörlab, kaltaklamaydi. Şunday ekan, Rossiyada ham özbekistonliklar kamsitilmasligi, xörlanmasligi va kaltaklanmasligi kerak. Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov ayrimlarga şu oddiy mantiqni eslatib, ikki örtadagi ittifoqçilik ana şundan boşlanişini aytdi.

Bekmurodovning bu bayonoti taşqi işlar vaziriga parlament sörovi yuborilgani ortidan yangradi. Vazir Baxtiyor Saidovga yöllangan sörovda xorijdagi vatandoşlarning huquqlarini himoya qiliş borasida körilayotgan çora-tadbirlar haqida söralgan. Bu sörovning yuborilişi Moskvadagi hammomga reyd uyuştirgan FSB va politsiyaçilar bir guruh qirğizistonliklarni tahqirlagani ortidan röy bermoqda. Turgan gapki, Rossiya idoralari uçun odatiy hol bölgan bunday reydda, kaltaklangan qirğizlar örnida özbeklar bölişi ham mumkin edi.

Internetda tarqalgan videolarda huquq-tartibot idoralari xodimlari yerda yotgan muhojirlarni tepib, ularning ustidan yurib ötgani, xodimlardan biri xonadagi kuzatuv kamerasiga lenta yopiştirib, kamerani tösib qöyganini köriş mumkin. “Hammani yuztuban yerga yotqizişdi, xuddi hayvonlardek. Köpçilikning tanasida kökarişlar bor. Bu tekşiruv emas, bu qiynoq”, degan voqea iştirokçilaridan biri. “Hammani kaltaklay boşlaşdi. Kim urayotgani ham tuşunarsiz, körib bölmasdi. Boş kötarişga qöyişmaydi. Nima uçun uruşayotganini tuşunmasdik, heç kim hujjat söramadi”, deya voqeani hikoya qilib bergan boşqa bir qirğizistonlik.

Qirğiziston taşqi işlar vazirligi rus elçisini çaqirib, holat yuzasidan tuşuntiriş beriş va kuç işlatgan xodimlarga çora köriş talab qilingan notani topşirdi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi esa kuç işlatgan organ xodimlarini oqlab bayonot berdi. Bayonotda “Bodrost” nomli hammomda qölga olinganlardan 25 nafari noqonuniy migrant ekani, ayrimlari radikal guruhlarga aloqadorlikda ayblanayotgani, xodimlarga qarşilik körsatgan ayrim çet elliklarga nisbatan kuç tuzilmalari “vakolatlari doirasida çora körgani” aytiladi. Xuddi şunday, Rossiya Içki işlar vazirligining bayonotida ham videolarda yaqqol körinib turgan tahqirlaş va noinsoniy munosabat tölaligiça oqlangan. “Politsiyaçilar qonunga zid heç qanday xatti-harakat qilmagan”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Moped va skuterlar uçun avtoraqam va guvohnoma talabi keçiktirildi

Özbekistonda moped va skuterlar uçun texpasport, davlat raqami va haydovçilik guvohnomasi oliş muddatlari uzaytirildi. Hukumatning ötgan yilgi qarori bilan, buning uçun 1 martgaça muddat berilgandi, endilikda şu muddat 1 oktyabrgaça uzaytirildi. Şu tariqa, 1 oktyabrdan boşlab, tegişli toifadagi haydovçilik guvohnomasi bölmagan holda moped va skuterlarni boşqariş, şuningdek, röyxatdan ötmagan va davlat raqamisiz moped va skuterlardan foydalaniş javobgarlikka sabab böladi.

Mopedlar haqida juma kungi prezident selektorida ham söz bordi. Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, kurerlik xizmati korxonalari moped olib kelib, odamlarni işli qilyapti, lekin mopedning özi 300 dollar tursa, uni standartdan ötkazib, sertifikat olişga yana şunça mablağ ketyapti. Davlat rahbari şu va boşqa misollarni keltirib, sertifikatlaşdagi bunday tölov va tartibotlar mutasaddilar tomonidan qançalik çuqur öylanganini savol ostiga oldi.

“Standart va sertifikatsiya tizimidagi eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning qölini boğlayapti, sohada korrupsiyani keltirib çiqaryapti. Hozirda 13 mingga yaqin turdagi tovarning 6,5 mingtasi majburiy sertifikatlanadi. Vazirlar, hokimlar qöliga qalam olib, tadbirkorlarni eşitib, qaysi standartni yangilaş, qaysi birini bekor qiliş, nima mahsulotni majburiy sertifikatsiya röyxatidan çiqarişni öylab kördimi?” – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident topşiriği bilan, tagliklar va tiş çötkalari kabi “yuqori xavf darajasiga ega” deb topilgan 7 xil tovarlarni röyxatdan ötkaziş bekor qilinadigan böldi. Avvalroq xabar berganimizdek, hukumat qarori bilan ötgan yili noyabrdan yölga qöyilgan bu talab fonida bolalar tagliklari importi keskin qisqarib ketgan, biz bilan suhbatlaşgan tadbirkor buni “sun’iy tösiqlar bilan raqobatni çeklaş” deb atagandi. Tarmoqlarda esa tagliklarning ayrim turlarini dökonlardan topib bölmay qolgani haqida yozişgandi.

Yiğilişda prezident quruq sut importiga qöyilgan çeklovlar ham olib taşlanişini aytdi. 4 yil oldin kiritilgan şakar uçun 20 foizlik aksiz soliği ham bekor qilinadigan böldi. Şuningdek, 1 iyuldan boşlab birorta ham tovar eksportiga çeklov bölmasligi e’lon qilindi. Şu sanadan e’tiboran, eksportga oid ayrim ruxsatnomalar va turli yiğimlar bekor qilinib, 86 turdagi xomaşyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori tovarlarga nisbatan eksport bojlari amal qila boşlaydi.

Ayrim hibrid avtomobillarni olib kiriş tölovlari oşadi

Byurokratiya sabab sertifikatlaş tizimining tanqidga uçraşi transport vositalari importidagi vaziyatga ta’sir qiladimi-yöqmi, buni vaqt körsatadi. Hozirça esa bu yönalişda ikkita yangilik bor. Birinçisi – Leapmotor “seriali”ning tugagani bölsa, ikkinçisi – ayrim turdagi elektromobillar importining qimmatlaşişi.

Duşanba kuni Piskentda Leapmotor kompaniyasi vakili iştirokida C16 rusumli boşqa bir elektromobil sinovdan ötkazilib, ijobiy natija olingani e’lon qilindi. Laboratoriya mudiri Kun.uz'ga bergan izohida aytişiça, uç hafta oldin elektromagnit moslaşuvçanlik testidan ötolmagan C16'da “ayrim detallar özgartirilgan bölişi mumkin”. Ötkazilgan yangi sinov va Leapmotor bilan muzokaralardan keyin, bu brend avtomobillarini sertifikatlaşga taqiq bekor qilindi. Texnik tartibga soliş agentligiga köra, Leapmotor Özbekistondagi faoliyatini rasmiy distribyutor orqali davom ettirişga rozi bölgan. Yaqin kunlarda Özbekiston rasmiylari Xitoyga borişi, ular iştirokida Leapmotor zavodida texnik audit ötkazilişi ma’lum qilindi.

Taqiq yeçilgan bölsa ham, Leapmotor'ning bir qator modellari, xususan C16'ni Özbekistonda yorqin kelajak kutyapti deb bölmaydi. Çunki bu model “kengaytirilgan diapazonli elektromobil” (EREV) toifasiga kiradi. Bunday toifadagi avtomobillarni bojxonadan ötkaziş tölovi esa oşişi kutilyapti. Bu bojxonada alohida tovar kodi kiritilişi bilan boğliq. Gap şundaki, keng diapazonli elektromobillarda elektr dvigatelidan taşqari, içki yonuv dvigateli ham böladi. Bunday maşinalarning sof hibrid modellardan farqi – maşinani faqat elektrodvigatel harakatga keltiradi, içki yonuv dvigateli esa ğildiraklarga töğridan töğri boğlanmagan, faqat batareyani zaryadlaş vazifasini bajaradi. Hozir bu toifa maşinalarga sof elektromobillar kabi bojxona tölovlari hisoblanyapti, lekin yaqin orada ularni hibrid modellar toifasiga ötkaziş reja qilingan. Bu esa bojxona tölovlari oşişini anglatadi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Andijonda miltiq bilan 52 ta radarni otgan haydovçi ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylandi. Viloyat IIBga köra, 49 yoşli erkakning qilmişi natijasida yetkazilgan zarar miqdori jami 1 mlrd 147 mln sömga baholangan. Jinoyat işi doirasida ayblanuvçiga nisbatan heç qanday ehtiyot çorasi qöllanmagan. Ayblanuvçining ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlariga qaraganda, u qilmişidan puşaymon emas, aksinça, faxrlanayotgandek körinadi. Erkak plastik kartasi raqamini e’lon qilib, odamlardan zararni qoplaş uçun pul ötkazişni sörab çiqdi. Tarmoqlardagi izohlarda juda köpçilik uni qöllayotganini köriş kişini öyga toldirmay qöymaydi.

Andijon şahri yaqinida qurilgan Yangi Andijon şahriga Bobur nomi beriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning viloyatga taşrifi vaqtida ma’lum qilindi. Yangi massivga Zahiriddin Muhammad Bobur haykali örnatiladi. Boburni Andijon şahri va boşqa hududlar bilan boğlaş uçun 56 kilometrlik halqa yöli quriladi. Şuningdek, Xonoboddan ötuvçi Qoradaryo ustidagi köprik rekonstruksiya qilinişi, “Andijon turmasi” şahar taşqarisiga köçirilib, örnida savdo va servis markazi qurilişi kutilmoqda.

Jizzaxda atom elektr stansiyasi loyihasi doirasida birinçi binolar qurilişi boşlandi. 15 aprel kuni “Özatom” va “Rosatom” rasmiylari Jizzax tumanida AESning quriliş-montaj bazasi – ma’muriy binolar, omborlar va yiğiş korxonalari qurilişiga start berdi. Jarayonning borişi, AES borasidagi muzokaralar va kelişuvlar haqida juma kuni davlat rahbariga taqdimot qilindi. Avvalroq “Özatom” rahbari stansiyaning narxi texnik-iqtisodiy asoslar tasdiqlanganidan keyin ma’lum bölişini aytgandi.

Marğilondagi metan şoxobçasida Matiz'ga örnatilgan gazballon portlab ketdi. Rasmiy xabarga köra, hodisa natijasida heç kim jabrlanmagan, halok bölganlar yöq. Voqea sababi öta hayratlanarli: şoxobçada Matiz'dagi propan ballonini metan bilan töldirmoqçi bölişgan. Metan va propan ballonlarining bosimga çidamlilik darajasi yer bilan osmonçalik farq qilişini bilişmagani taajjublanarli. Portlaş natijasida tökilib qolgan maşinaning ahvoliga qaraganda, yaqin atrofdagi odamlar möjiza tufayli omon qolgan deyiş mumkin.

Futbol böyiça Özbekiston ösmirlar milliy jamoasi Osiyo çempionatida finalga çiqdi. Jamoa yarimfinalda KXDRni 3:0 hisobida mağlub etdi. Islom Ismoilov şogirdlari finalgaça bölgan 5 ta öyindan 4 tasida uçta yoki undan köproq gol urgani diqqatga sazovor. Asilbek Aliyev 5 ta gol bilan çempionat töpurarlari röyxatida birinçi örinda boryapti. Jamoa 20 aprel, yakşanba kuni finalda musobaqa mezboni Saudiya Arabistoniga qarşi maydonga tuşadi. Ikki jamoaning ön kun oldin guruh bosqiçidagi töqnaşuvi 3:0 hisobida, Özbekistonning ğalabasi bilan yakunlangan edi.

Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova