19 aprel tongida giyohvand modda iste’mol qilgan haydovçi qora Gentra'da YPXning töxtaş buyruğiga böysunmay, öndan ortiq maşinani turtib ötdi va oxiri Matiz'ga borib urildi. Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, guvohlarga mikrofon tutdi.
Voqea tong soat 07:30 larda, Çilonzor tumanida röy bergan. 1999 yilda tuğilgan ayol YPXning töxtaş işorasiga böysunmay, kamida önta maşinaga urilib yoki turtilib ötgani aytilyapti.
Maşina Bunyodkor şoxköçasida Matiz'ning orqasiga borib urilişi bilan töxtagan. Rasmiylarga köra, haydovçi giyohvand modda ta’sirida bölgan, uning haydovçilik guvohnomasi bölmagan.
Guvohlarning Kun.uz muxbiriga aytişiça, kamida 2 ta Damas, bitta Matiz va Li 9 avtomobillariga turli darajada zarar yetkazilgan.
“Gentra Matiz'ni 4-5 marta urdi. Matiz bölmaganda, ayol yana haydardi. U gaz pedalidan oyoğini olmayotgandi. Böysunmagandan keyin, xodimlar uni maşinadan tuşirdi. Maşinasiga zarar yetgan haydovçilarning bir qismi [da’vo qilmay, qöl siltab] ketib qoldi. Kattaroq zarar körgan haydovçilar qoldi”, – deydi guvoh.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Avtomobilda bölgan uç yölovçi (ikki ayol, bir erkak)dan biri ham tergovga jalb etilgan.















