Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni maktab ta’limi sifatini oşiriş hamda pedagoglar tayyorlaş tizimini takomillaştirişga oid taqdimot bilan tanişdi. 

“Özbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari ustuvor yönalişlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda şaroitlarni yaxşilaş, yoş avlodni bilimli etib tarbiyalaş böyiça köplab vazifalar qöyilgan.

Bu, köp jihatdan, öqituvçilarning bilim va malakasiga boğliq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohda pedagogika yönalişi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.

Qabullarning katta qismini ijtimoiy yönalişlar taşkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar böyiça pedagoglar tayyorlaş juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi ta’limda öqiyapti.

Şu bois Toşkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Özbekiston milliy pedagogika universitetini taşkil etiş, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Universitet barça hududlardagi pedagogika institutlari uçun tayanç oliygoh böladi.

“Yangi Özbekiston” universitetida 40 dan ziyod çet ellik öqituvçilar va 30 nafar vatandoş ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar özlarining turli yönalişlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard sömlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlaşni rivojlantiriş, yangi laboratoriyalar oçiş rejalari taqdimot qilindi.

Şuningdek, oliygohda ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlaş maqsadida Germaniyaning ilğor tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.

Ta’lim sifatini aniqlaşda ham xalqaro uslublar joriy etilmoqda. Bu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoşli öquvçining bilimi “PISA” xalqaro dasturi orqali baholanadi.

Hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan işlayapti. Bu yil budjet hisobidan 112 mingta yangi öquvçi örni taşkil etiladi. Aholi ösişi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Şu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilişi rejalaştirilgan.

Tahlillarga köra, maktab yoşidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qiliş böyiça muayyan işlar olib borilyapti. Lekin, yoşlar ta’lim-tarbiyasiga kuçli ta’sir körsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.