Toşkentda pul evaziga noqonuniy yöllar orqali AQŞga yuborişni va’da qilgan şaxslar uşlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilişiça, departamentning Çilonzor tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar ötkazilgan. Tadbirlar davomida çet el fuqarosi N.S. fuqarolar Z.E. va I.S.ning işonçiga kirib, ularni 40 ming dollar evaziga Meksika davlati orqali AQŞga çegaradan ötkazib qöyişini aytib, oldindan 4 ming dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, J.T. va R.T. ismli şaxslar fuqaro M.A.ning işonçiga kirib, uni 18 ming dollar evaziga aylanma yöllar orqali Qöşma Ştatlarga yuborişini aytib, oldindan 5 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga tuşgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, mart oxirlarida Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida pul evaziga AQŞga işga yuborişni va’da qilgan şaxslar uşlangan edi.

















