UzAuto Motors va boşqa katta kompaniyalar xususiylaştiriladi. 2-3 kunga xorijga çiqib kelganlar endi özi bilan bojsiz tovar olib kirolmaydi. Ustiga ustak, özbekistonliklar Dubayga vizasiz boriş imkoniyatidan mahrum bölişi mumkin. Namanganda ikkita idora omma qarşisida radarlar böyiça bahslaşdi. Futbol böyiça Osiyo çempionlari tantanali kutib olindi. Qirğiziston bilan “Çaşma” buloği masalasida kelişuvga erişildi. Yakunlanayotgan hafta yangiliklari – Kun.uz dayjestida.
Bojsiz tovar olib kiriş normalari pasaytirilmoqda
Qonunçilikda 1 may sanasiga belgilangan özgarişlar röyxati kengaydi. Keyingi oydan boşlab, jismoniy şaxslarning xorijdan notijorat maqsadlarda, şaxsiy ehtiyoji uçun bojsiz tovar olib kirişi limitlari pasaytiriladi. Bu norma samolyotda kelayotganlar uçun 2000 dollardan 1000 dollarga, poyezd yölovçilari uçun 1000 dollardan 500 dollarga tuşiriladi. Avtomobilda yoki piyoda kirib kelayotganlar uçun 300 dollarlik limit özgarişsiz qoladi.
Buning natijasida, misol uçun, eng arzoni 1200 dollardan boşlanadigan iPhone 16 Pro Max telefonini bojsiz olib kirib bölmaydi. Limitdan oşgan qismiga 30 foizlik boj tölaşga töğri keladi. Şu sababli, çet elda biror qimmatroq buyum olgan bölsangiz, aeroportda odatdagidan köproq vaqt uşlanib qolişga va bojxona tölovlariga tayyor turişingiz kerak. Xorijdagi xarid çeklarini saqlab qöyiş ham tavsiya etiladi.
AQŞdagi onlayn dökonlardan çegirmali narxlarda turli gadjetlar, kiyim-keçak, poyabzal yoki aksessuarlar buyurtma qilib, kurerlik xizmatlaridan foydalanişga odatlanganlar ham yangilikni öz çöntagida his qiladi. 1 maydan boşlab jismoniy şaxslar nomiga kelayotgan kurerlik jönatmalarining bojsiz ötkazib yuboriladigan qiymati hozirgidek bir çorak uçun 1000 dollar emas, oyiga 200 dollar deb belgilanadi. Bu limit Aliexpress, Ozon yoki blokdagi Temu kabi marketpleyslardan buyurtma qilingan tovarlarga ham taalluqli.
Yana bir yangilik çet elda böliş muddati bilan boğliq. 20 iyuldan keyin biror sabab tufayli, masalan xizmat safari bilan 1-2 kunga xorijga çiqsangiz, yaqinlaringiz uçun sovğa olib keliş avvalgidan qimmatroqqa tuşadi. Çunki, yangi tartibga asosan, samolyotda kelayotgan fuqarolar bojsiz tovar olib kiriş limitidan foydalaniş uçun kamida 3 kun xorijda yurgan bölişi kerak. Poyezdda, avtomobilda yoki piyoda kirib kelayotganlar uçun bu muddat 2 kunni taşkil etadi. Özbekistondan çiqib ketganiga bundan kam vaqt bölgan fuqarolar özi bilan heç qaysi yangi tovarni bojsiz olib kira olmaydi.
Hukumat bu özgarişlarni xorij tajribasi va yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş maqsadi bilan izohladi. Bojxona qömitasi şaxsiy ehtiyoj niqobi ostida, boj tölamay tijorat qilayotganlarni “taşmaçilar” deb atab, oyiga 100 martagaça çegarani kesib ötayotganlar ham borligini ma’lum qildi. Iqtisodçilar esa muammoning oqibati bilan emas, sababi bilan kuraşişga çaqirmoqda. Ya’ni rasmiy import uçun bojlar şunçalik baland, notarif tösiqlar şunçalik köpki, tovarlarni katta partiyada, ulgurji olib kirgandan köra, donalab taşiş nisbiy afzallikka ega. Bunday donalab taşiladigan tijorat ham “xorij tajribasi”da bor-yöqligiga esa, rasmiy bayonotda aniqlik kiritilmagan.
Xususiylaştiriş: yuzlab aktivlar sotuvga qöyiladi
Özbekistonda xususiylaştiriş böyiça yangi dastur e’lon qilindi. Prezident farmoni bilan, 2025-2026 yillarda yirik kompaniyalardan 29 tasi sotuvga qöyilişi belgilandi. Davlat 33 yildirki ardoqlab kelayotgan UzAuto Motors röyxatda birinçilar qatorida körsatilgan. Kompaniyani sotiş haqida kelasi yil boşida e’lon berilişi kerak. Avtosanoatdagi korxonalardan Toşkentdagi dvigatel zavodi, Jizzax va Samarqanddagi avtomobil zavodlari, şuningdek, Toşkent traktor zavodi ham sotiladi. “BYD Uzbekistan Factory” esa xususiylaştiriş dasturiga kiritilmagan.
Sotiladigan yirik aktivlarning salmoqli qismi energetikaga oid. Xususan, taşqi qarzlar hisobidan 3,4 mlrd dollarga qurilgan GTL zavodi, bir qator elektr stansiyalari va elektr markazlari, gaz va gidroenergetika infratuzilmasi bilan şuğullanuvçi bir neçta korxonalar xususiylaştiriladi. Röyxatga “Navoiyazot”, “Özmetkombinat”, “Texnopark”, “Şarğunkömir” hamda bir neçta suğurta va lizing kompaniyalari ham kiritilgan. Bundan taşqari, OKMK, NKMK, Uzbekistan Airways kabi jami 12 ta kompaniya avval reja qilinganidan köra köproq aksiyalarini IPÖga çiqarişi nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, boşqa bir farmon bilan, 2025 yilda 30 trillion sömlik davlat aktivlari va yer uçastkalarini sotiş belgilandi. Hujjatda xususiylaştiriladigan 100 dan ortiq korxona va taşkilotlar, şuningdek, 600 dan ortiq köçmas mulklar röyxati tasdiqlangan. Röyxatda ta’lim va tibbiyotga oid ayrim obektlar ham borligi e’tiborli. Xususan, Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining önlab bino va inşootlari, şuningdek, respublika böylab joylaşgan 29 ta stomatologiya poliklinikasini sotiş közda tutilgan. Yana bir qiziq obekt – Toşkent axborot texnologiyalari universitetiga qaraşli sobiq bombapanoh. Uni sotib oladigan xaridor obektning örnida köp qavatli xizmat körsatiş majmuasi, yertölasida esa zamonaviy bombapanoh qurişi kerak böladi.
Quçoq oçib kutib olingan Lavrov: “Rusça yozuvni körmayapman”
Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning Samarqandga taşrifi muhokamali vaziyatlarga boy keçdi. Taşrif boşidayoq u aeroportda quçoq oçib kutib olgan hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan quçoqlaşib körişişni istamay, uning yelkasidan uşlab qöygani tarmoqlarda turli talqinlarga sabab böldi. Rossiyaning boş diplomati keyinroq Samarqanddagi motamsaro ona haykali poyiga gul qöyişga borganida, yodgorlik atrofida inglizça yozuv borligidan hayron qolib, rusça yozuvni körmayotganini aytdi.
Lavrovning bu sözlari Rossiya naşrlarida keng yoyildi. Köplab özbekistonliklar tarmoqlarda uning xatti-harakatini qoralab, mahalliy rasmiylarni “xöp böladi” degandek yodgorliklarga qöşimça yozuvlar qöşişdan tiyilişga çaqirdi. Holat videosidan köriş mumkinki, Lavrovga hamrohlik qilgan Saidov uning gaplariga munosabat bildirmagan. Lekin rasmiylardan butkul javob bölmadi deb bölmaydi. “Moskva boş maydoniga özbekça ham yozilsa, keyin öylab körişimiz mumkin”, dedi Qonunçilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev. “Rus siyosatçilari Özbekistonda rus madaniyati va rus tiliga bölgan munosabatni yomonlaştiriş uçun hamma yöllarni sinab körmoqda”, deya yozdi boşqa bir deputat Alişer Qodirov.
Sergey Lavrovning taşrifi bilan boğliq rasmiy xabarlarda esa aytarli yangilik bölmadi. U Şavkat Mirziyoyevning qabulida böldi, ikki davlat taşqi işlar vazirlari örtasida muzokara ötkazildi. Taşrif yakunlari böyiça matbuot anjumani ötkazgan mehmon, yaqinda Samarqandda Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi birinçi sammiti bölib ötganiga munosabat bildirib, ittifoqni Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarşi kun tartibini ilgari surişda aybladi. Uning iddao qilişiça, Yevropa Markaziy Osiyo davlatlarining içki işlariga aralaşyapti, Moskva esa bunga jim qarab tura olmaydi.
Qöşimça qiliş lozim, agar Rim papasi Fransisk olamdan ötmaganida, Lavrovning bu taşrifidan ikki kun ötib Samarqandga Italiya boş vaziri Jorjia Meloni kelişi kerak edi. U papaning dafn marosimida qatnaşişi sabab, taşrifini bir haftaga keçiktirdi. Rossiya taşqi işlar vazirining kelişi Yevropa Ittifoqi bilan sammit va Italiya boş vazirining taşrifi oraliğida röy berganiga qaraganda, aynan Ğarb bilan aloqalar masalasi Lavrovning kun tartibidagi asosiy mavzu bölgan.
Şu bilan birga, Özbekistonda davlat tiliga oid hujjatlardan birining qonuniy kuçga kiritilişi Rossiya delegatsiyasining taşrifidan bir kun oldinga töğri kelganini qayd etiş lozim. Unga köra, endilikda Özbekistonda maktab öquvçilari qaysi tilda öqiganidan qat’i nazar, davlat tilini bilişi kerak. Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri 9 aprelda imzolagan, 22 aprelda adliya röyxatidan ötib, qonuniy kuçga kirgan buyruqqa asosan, ta’lim tili özbek tili bölmagan sinf bitiruvçilarini yakuniy attestatsiyadan ötkazişda davlat tili majburiy imtihon fanlari qatoriga qöşildi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Futbol böyiça Osiyo çempioni bölgan Özbekiston ösmirlari bayramona kutib olindi. Prezident farmoni bilan, çempionlarga unvon va medallar berildi, moddiy mukofot sifatida futbolçilarga Cobalt, boş murabbiy Islombek Ismoilovga esa Equinox sovğa qilindi. Duşanba kuni aeroportdan boşlangan tantanali tadbirlar hafta davomida yigitlar öqiydigan maktablarda ham davom etdi. Ta’kidlaş kerak, Özbekiston milliy jamoalari şu paytgaça biror turnirda bu daraja yaqqol favorit sifatida ajralib turmagandi. Darvozabon Ne’matulloh Rustamjonovning qoş qoqişi köplab vatandoşlarning Telegram'dagi gif kolleksiyasidan örin olib ulgurdi. Juma kuni jamoa a’zolari bilan uçraşgan ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov ösmirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka çaqirdi.
Özbekiston va Qirğiziston “Çaşma” buloği böyiça kelişuvga erişdi. Hukumatlararo delegatsiyalar uçraşuvidan keyin, buloq Qirğizistonning hududi bölib qolişi, Özbekiston tomoni esa undagi suvning uçdan ikki qismidan foydalanişi e’lon qilindi. Kelişuvga köra, buloqdan Özbekiston fuqarolarining erkin va tösiqsiz foydalanişi ta’minlanadi. Tomonlar tegişli kelişuvni tez orada imzolaşga kelişib oldi. Eslatib ötamiz, Farğona vodiysining bu nuqtasida 2020 yil 31 mayda Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari örtasida nizo çiqqan, özaro toşböron oqibatida söxliklardan 187 kişi, qadamjoyliklardan 25 kişi jarohatlangani xabar qilingandi.
BAA Özbekiston fuqarolari uçun ötgan yili kiritilgan vizasiz rejimni bekor qilişi mumkin. Bu haqda xabar bergan Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga köra, bu masala oxirgi vaqtlarda özbeklar iştirokida bölayotgan qonunbuzarliklar köpaygani sababli kun tartibiga çiqqan. Xususan, 20 aprel kuni Dubayda röy bergan piçoqbozlik holati böyiça 15 nafar Özbekiston fuqarosi qölga olingan. Avvalroq isroillik rohibning ölimida ayblangan uç özbek ölimga hukm qilingandi. Özbekiston tomoni jazoni yengillatişga urinayotganini bildirgan, xalqaro inson huquqlari himoyaçilari esa hukumatni faolroq bölişga çaqirmoqda.
Samarqand şahridagi mudhiş yöl-transport hodisasida qoidabuzar haydovçi 8 kişini urib ketdi. Bu vaqtda ular piyodalar yölakçasidan ötayotgan bölgan. Holat videosidan körinişiça, jabrlanuvçilar orasida bolalar ham bor. Voqeadan ikki hafta ötib, aynan video tarqalganidan keyingina rasmiylar holat haqida ikki enlik, çala rasmiy axborotni e’lon qildi. Kun.uz'ning aniqlaşiça, jinoyatçi öz qilmişi bilan bir ayolning ölimiga, uning 3 farzandi yetim qolişiga sabab bölgan. 28 yoşli haydovçi qamoqqa olingan.
Namangan şahar hokimi va viloyat YHXB örtasidagi bahs hokimning “ğalabasi” bilan yakunlandi. Gap şundaki, hokim Anvar Otaxöjayev viloyat YHXB boşliğiga xat yozib, notöğri örnatilgan radarlarni olib taşlaşni söragan edi. YHXB esa bunga javoban bayonot bilan çiqib, hokimning xizmat maşinasida sodir etilgan önlab qoidabuzarliklar uçun vaqtida tölanmagan jarimalarni tölab qöyişni talab qildi. Öz navbatida, şahar hokimligi bu jarimalar noqonuniy radarlardan kelganini ta’kidladi. Bu jarimalar bilan keyin nima bölgani hozirça aniq emas, şunisi ma’lumki, xatda körsatilgan radarlarni olib taşlaş işlari boşlangan. Ma’lumot uçun, qonunçilikka asosan, beton simyoğoçga, yoritkiçga yoki binolarga örnatilgan radarlar belgilangan talablarga nomuvofiq hisoblanadi.
Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
















