Saudiya Arabistoni Turizm vazirligi Özbekiston fuqarolari uçun onlayn portal orqali elektron viza oliş imkonini yopib qöydi. Qirollik rasmiylari bu borada izoh bermagan.

Kun.uz muxbiri Saudiya Arabistoni turizm vazirligi onlayn murojaatlar markaziga murojaat qilib, holat yuzasidan rasmiy izoh söradi. Ma’lum qilinişiça, Özbekiston va Tojikiston fuqarolari uçun elektron vizaga murojaat qiliş vaqtinçalik – Haj mavsumida töxtatilgan.
«23 apreldan 9 iyunga qadar elektron vizaga murojaat qiliş xizmati vaqtinça töxtatiladi. Bu muddat içida Saudiya Arabistoniga sayohat qilişni xohlovçilar öz mamlakatlaridagi elçixonalar yoki vakolatli viza idoralari orqali viza olişga ariza topşirişlari mumkin. Bundan taşqari, amaldagi Şengen, Buyuk Britaniya yoki AQŞ vizalariga ega sayohatçilar, şuningdek, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya yoki AQŞ rezidentlari Saudiya Arabistoniga kiriş punktlarida viza olişlari mumkin», deyiladi Saudiya Turizm vazirligi Kun.uz'ga taqdim qilgan ma’lumotda.
Joriy yil 13 aprelda Saudiya Arabistoni 14 ta mamlakat (Hindiston, Misr, Pokiston, Yaman, Tunis, Marokaş, Iordaniya, Nigeriya, Jazoir, Indoneziya, Iroq, Sudan, Bangladeş va Liviya) fuqarolari uçun ham elektron viza oliş imkoniyatini yopgan edi.
Bunday tartibga yuqorida sanalgan davlatlar, jumladan, Özbekiston va Tojikistondan Umra uçun borib, ruxsatsiz Haj uçun qolib ketayotgan fuqarolarning köpligi sabab bölgani aytilmoqda. Xususan, Saudiya Arabistoni joriy yilda noqonuniy ravişda, tegişli vizasiz Haj ziyoratini amalga oşirayotgan fuqarolarga ham, şirkatlarga ham juda katta jarimalar belgilagan.
2025 yilgi Haj mavsumda Özbekiston fuqarolari uçun 15 ming dona kvota ajratilgan. Özbekiston Haj ziyorati, hukumat qaroriga köra, faqat Din işlari böyiça qömita va Musulmonlar idorasi tomonidan amalga oşiriladi.













