Eron Oliy sudi hukmi bilan Isroilning «Mossad» razvedka xizmatiga işlaganlikda gumonlangan Muhsin Langarneşin 30 aprel kuni ertalab qatl etildi, deb xabar beradi IRNA.

Langarneşin «Mossad» bilan 2020 yil kuzidan hamkorlik qilişni boşlagan», şundan keyin maxsus tayyorgarlikdan ötgan va öşa yilning dekabrida Isroil maxsus xizmatlari uçun birinçi vazifani bajargan.

Tergovning aniqlaşiça, u ikki yil davomida Isroil razvedkasi xodimlari hamda agentlari bilan yaqindan hamorlik qilib kelgan va 2022 yil 22 mayda Islom inqilobi muhofizlari korpusi polkovnigi Hasan Sayyod Hodaiyning öldirilişida iştirok etgan. Langarneşin tergov tadbirlar davomida öz aybiga iqror bölgani aytilmoqda.

Sud hokimiyati vakillarining ta’kidlaşiça, Langarneşin öz kuratorlari topşiriğiga binoan isroilliklarga anonim sim-kartalar, mobil telefonlar va boşqa aloqa vositalarini berib kelgan.

Amnesty International xalqaro huquqni himoya qiliş taşkiloti hisobotiga köra, 2024 yilda dunyoning 15 ta davlatida 1518 kişi qatl etilgan. Ölim jazosining katta qismi Eron (972), Iroq (63) va Saudiya Arabistonida (345) ijro etilgan. Qatl etilganlarning 1380 tasi uşbu davlatlar hisobiga töğri kelmoqda.