Denovda haydovçi 32 bolani Damas'da taşib, “rekord” örnatdi. U bolalarni boğçadan olib ketayotgan bölgan. YTHlar kamaymayotgan bir davrda, bolalar hayoti bu şaklda xavf ostiga qöyilişi – boğçalar faoliyatiga oid tegişli nizom talablari bajarilmayotganini körsatadi. Maktabgaça va maktab ta’lim vazirligi harakatga tuşiş uçun albatta biror fojia bölişini kutib ötirişi kerak emas.

Damas avtobus emas

Keyingi vaqtlarda Damas maşinasiga önlab bolalarni mindirib harakatlaniş holatlari köpaymoqda. Bu asosan bolalarni boğçaga taşişda kuzatilyapti.

Birgina joriy yil aprel oyining özida uçta holatda bolalar Damas'da hayoti xavf ostiga qöyilib, olib ketilayotgani aniqlandi.

Birinçi holat Samarqand viloyatining Jomboy tumanida kuzatildi. Damas YPX xodimlari tomonidan töxtatilgan. Haydovçi xodimlarni maşinada 17 nafar bola bor, deya aldaşga uringan. Ammo sanab körilganida Damas'da 25 nafar bola olib ketilayotgani aniqlangan.

Belgilangan örindiqdan köp yölovçi olib ketayotgan haydovçiga nisbatan tegişli tartibda bayonnoma rasmiylaştirilgan.

“Töğri, mumkin emas. Har kuni ikki reys qilardim. Nima deyişni ham bilmay qoldim”, degan haydovçi. Aslida 25 nafar bolani Damas maşinasida “ikki reys”da ham taşiş mumkin emas.

Ikkinçi holat 23 aprel kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida aniqlandi. Tekşiruv davomida maşina salonida bir ayol va 25 nafar bola sanalgan. Haydovçi bolalarni şu mahallada joylaşgan xususiy boğçaga olib borayotgan bölgan.

Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, transport vositasi vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga qöyilgan.

Aynan şunaqa qoidabuzarlik böyiça “rekord” Surxondaryo viloyatining Denov tumanida örnatildi