Energetikada yangi narxlar, xususiy OTMga talablar va uruşga yollangan özbeklar - hafta dayjesti
|03:51 / 04.05.202519 18413 min
Rossiya özbekistonlik migrantlarning huquqlarini himoya qiliş majburiyatini oldi. 1 maydagi narxlar oşişi bilan, energetikada tarif reformasi yakunlangani aytildi. Hadeb tanqid qilinadigan “Damas” örniga boşqa arzon avtomobil işlab çiqarilişi kutilmoqda. Xususiy universitetlar ustidan nazorat kuçaytiriladi. Ortda qolgan hafta yangiliklari – Kun.uz dayjestida.
Narxlar oşişi va oylik maoşlar
Energetika sohasida rasman “tarif islohoti” deb atalgan jarayon yakunlandi. 1 may kungi narxlar oşişini Markaziy bank raisi Timur Işmetov ana şunday izohladi.
“1 may kuni biz energetika sektorida tarif islohotlarining ikkinçi va oxirgi bosqiçini yakunladik. Ma’muriy yöl bilan tartibga solinadigan narxlarning boşqa ösişini kutmayapmiz”, – dedi Işmetov Xalqaro valuta jamğarmasining tadbiridagi çiqişida.
Oyning ilk sanasida aholi xonadonlari uçun elektr energiyasining bazaviy tarifi 33 foizga, tabiiy gaz 54 foizga, avtomobillar uçun metan örtaça 27 foizga oşdi. Metanning qimmatlaşişi taksi narxlarida ham aks-sado berdi. Propan şoxobçalarida hozirça narx özgarişi sezilmagan bölsa-da, birjadagi narxlarning 10 kun içida 15 foizga kötarilgani tez orada yakuniy iste’molçilarga ham ta’sir qilişi mumkin.
1 maydan e’tiboran, ötgan hafta xabar berganimizdek, jismoniy şaxslarning xorijdan bojsiz tovar olib kirişi böyiça yangi, pasaytirilgan normalar kuçga kirdi. Bundan taşqari, internetda tarqalgan videolarga qaraganda, soat millari 00:00 ga ötişi bilan, bojxona platformasida elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi 4 barobarga oşgan. Endi işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan elektromobillarni olib kirişda avvalgidek 11 mln söm emas, 45 mln söm utilizatsiya yiğimi tölaş kerak böladi.
Mavzuga oid
Oylik maoşlarga kelsak, bu borada Statistika qömitasi çoraklik hisobotni e’lon qilganidan boşqa yangilik yöq. Hisobotga köra, yanvar-mart oylarida Toşkent şahridagi örtaça maoşlar salkam 10 mln sömga yetib qolgan. Navoiyda esa xodimlar örtaça 7 mln 300 ming söm oylik olyapti. Qolgan 12 ta hududdagi örtaça maoşlar 4,5 mln söm atrofida; bundan 12 foizlik daromad soliği çegirib taşlansa, aksariyat özbekistonliklarning kartasiga tuşadigan rasmiy oyligi miqdori 4 mln söm yoki taxminan 300 dollarni taşkil etadi.
Statistika qömitasi şu hafta e’lon qilgan boşqa bir hisobotga köra, aprel oyida yillik inflatsiya 10,1 foizni taşkil etgan. Rasmiy raqamlar oxirgi 3 oy içida içki yönalişlardagi aviaçiptalar narxi 74 foizga oşib ketganini körsatmoqda. Nisbatan raqobatli xalqaro aviaqatnovlar bozorida esa çiptalar örtaça 12,5 foizga qimmatlaşgan.
Çiptalarning qimmatligiga juma kuni davlat rahbari ham e’tibor qaratdi. Şavkat Mirziyoyev Xorazmga taşrifi vaqtida ma’lum qilişiça, mahalliy reyslarning 95 foizi “Havo yöllari” va Silk Avia aviakompaniyalariga töğri keladi. Raqobat yöqligi uçun Toşkent–Urganç yönalişida bir hafta oldin çipta qolmaydi, narxi qimmat. Bu holatda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyohlar ham boşqa davlatga borişni afzal köradi, dedi prezident. Özbekistonning barça rezident kompaniyalariga içki reyslarni subsidiyalaş böyiça qaror loyihasi işlab çiqiladigan böldi.
“Damas” örnini boşqa avtomobil egallaşi mumkin
Şavkat Mirziyoyev Xorazmga taşrifi vaqtida, Pitnakdagi “Damas” zavodida arzon avtomobil işlab çiqariş boşlanişini e’lon qildi. Prezidentning sözlariga köra, avtomobil 7 örindiqli bölib, Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi. Mutasaddilarga hamkorlar bilan muzokarani şu yil yakunlab, kelasi yilda yirik uzelli yiğiş usulida işlab çiqarişni boşlaş, 2027 yilda töliq siklga ötib, mahalliylaştirişni 50 foizga olib çiqiş topşiriği berildi.
Aynan qanaqa rusumdagi avtomobil haqida gap ketayotgani va hamkorlar kimligi ma’lum emas. “Arzon” bölişi aytilayotgan 7 örindiqli maşina çiqişi bilan, paydo bölganiga 34 yil bölgan Damas konveyerdan olinadimi-yöqmi, bu savol ham hozirça oçiq. E’tiborlisi, Damas'dan voz keçilişi ehtimolining yuzaga kelişi – sönggi vaqtlarda Piskent avtopoligoni bilan boğliq köplab muhokamalarda bu ulovning xavfsizligi va texnik talablarga javob berişi savol ostiga olingani fonida röy bermoqda.
Özbekistonda 1996 yildan beri işlab çiqarilayotgan “Damas” yangiliklar lentasida tez-tez ortiqça odam taşiş holatlari bilan közga taşlanib turadi. Bu hafta ham ana şunday ikkita holat aniqlandi. Namanganning Kosonsoy tumanida bir ayol va xususiy boğçaning 25 nafar tarbiyalanuvçisini olib ketayotgan “Damas” aniqlangan bölsa, köp ötmay Surxondaryoning Denov tumanidagi xususiy boğça rekord örnatdi: haydovçi avtomobil saloniga 32 bolani siğdirgan. Aniqlangan holatlar böyiça haydovçilarga çora körilgan.
Xususiy universitetlarga talablar köpayadi
Özbekistonda xususiy universitetlar ustidan nazorat kuçaytiriladi. Bu boradagi rejalar çorşanba kuni prezidentga taqdim etildi. Unga köra, ikki bosqiçli litsenziyalaş tizimiga ötiş, ta’lim dasturlarini maxsus akkreditatsiyadan ötkaziş va har 5 yilda kompleks davlat akkreditatsiyasini taşkil etiş közda tutilmoqda. Ta’lim sifatini nazorat qiliş uçun taşqi baholaş bilan şuğullanuvçi mustaqil taşkilot tuziş ham reja qilingan.
Qayd etiş lozim, bu kabi taşabbuslarga iqtisodçilar davlatning iqtisodiyotga ortiqça aralaşuvi nuqtayi nazaridan baho beradi. Ayniqsa, ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan ötkaziş, oddiyroq aytganda, nimanidir öqitişdan oldin amaldorlardan ruxsat oliş kerakligi va boşqa byurokratik talablar korrupsion omillarni yuzaga keltiradi, bu esa universitet oçiş niyatidagi investorlar nazarida sohaning jozibadorligini pasaytiradi. Yuqori risklar şaroitida yetarliça investitsiyalarning kirib kelmasligi esa bozorda raqobat ortib borişini çeklaydi, çeklangan raqobat şaroitida ta’lim sifati ham kutilganidek bölmaydi.
Eslatib ötamiz, oxirgi bir neça yilda xususiy oliygoh litsenziyasini oliş qiyinlaşib ketgani, ayniqsa yuridik yoki tibbiyot yönalişida xususiy OTM oçişga sun’iy tösiqlar borligi aytib kelinadi. Rasmiylar buni bir neça bor rad etgan. Avvalroq xususiy universitetlardan noqonuniy ravişda pul talab qiliş holatlari közga taşlangandi.
Migrantlar masalasi: rus elçisi TIVga çaqirildi
Özbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani böyiça xavotir bildirdi. Taşqi işlar vazirligining şanba kungi xabariga köra, vazirlikda rus elçisi bilan uçraşuv bölib ötgan, unda rasmiy Toşkent Rossiyadagi özbekistonliklarning huquqlari poymol qilinişi holatlari köpayib borayotganiga e’tiroz bildirgan.
Bu uçraşuv Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Rossiya armiyasi bilan şartnoma tuzgan 1100 nafar özbekistonlik haqidagi ma’lumotlarni Ukraina tomonidan e’lon qilişi ortidan röy berdi. Röyxatda Özbekiston fuqarolari ekani aytilayotgan şaxslarning ism-şarifi, tuğilgan sanasi, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzgan sanasi, harbiy xizmatdagi şaxsiy raqami keltirilgan. Qayd etilişiça, bu – asir tuşganlarning röyxati emas, Rossiya tomonida turib, Ukrainaga qarşi uruşgan yoki uruşayotganlarning röyxati. 1100 kişidan 109 nafari jang maydonlarida tirik qolmagan. Ölganlardan eng yoşi hali 22 ga kirmagan, yana biri RF Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaganidan 8 kun ötib halok bölgan.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga köra, bu ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan örganilmoqda. Örganiş natijalariga köra tegişli çoralar köriladi. Vazirlik boşqa davlatlarning harbiy tuzilmalariga yollaniş Özbekiston qonunçiligi böyiça jinoiy javobgarlikka sabab bölişini eslatgan.
Hafta davomida, şuningdek, Moskvada mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qiliş masalalari böyiça Özbekiston va Rossiya idoralararo işçi guruhining birinçi yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekiston tomonidan Boş prokuratura, DXX va TIV vakillari qatnaşdi. Yiğiliş yakunida ikki mamlakat boş prokurorlari örinbosarlari qabul qilingan qarorlar aks etgan bayonnomani imzoladi.
Hujjatga asosan, Rossiya Boş prokuraturasi özbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilişi ustidan nazorat va kuzatuvni kuçaytiriş majburiyatini oldi. Xuddi şunday, Özbekiston Boş prokuraturasi ham Özbekistondagi rossiyalik migrantlarning huquqlarini ta’minlaşga kafolat bergan. Rasmiy xabarga köra, imzolangan bayonnoma ijrosi Özbekiston va Rossiya Boş prokuraturalari tomonidan alohida nazoratga olinadi.
Toşkent va Moskva örtasida muzokaralar ketayotgan yana bir masala – yirik atom elektr stansiyasi qurilişi. Sanoat körgazmasi doirasida Toşkentga kelgan “Rosatom” rahbari Aleksey Lixaçev duşanba kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning qabulida bölib, Özbekiston göyoki katta AES qurişga qaror qilib bölgan, loyihani boşlaş faqatgina vaqt masalasi bölib turgandek bayonot berdi. “Agar emas, qaçonki Özbekiston rahbariyati katta AES mavzusiga qaytsa, bizda nafaqat bölajak obektlarning şakli böyiça, balki şu yerda, Özbekistonda mahalliylaştiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilar va katta kölamdagi işlarni öz içiga oluvçi moliyaviy va taşkiliy masalalarda ham tayyor takliflarimiz böladi”, dedi Lixaçev. Özbekiston tomonining rasmiy axborotida, uçraşuvda yadro texnologiyalarini qişloq xöjaligi va tibbiyotda qöllaş, Toşkentdagi “MIFI” filialida kadrlar tayyorlaş kabi masalalar körib çiqilgani aytiladi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi tadbirkorning binosini noqonuniy buzdirib taşladi. U tuman prokurori va boşqa mas’ullar bilan birga, voqea joyiga avtogreyderni olib borgan va haydovçiga “Bos! Tozala!” deya topşiriq bergan. Tadbirkorning binodagi texnikalarini olib çiqiş uçun 2 soat vaqt sörab qilgan iltijosi havoda qoldi. Bu qonunsizlikka prokurorning tomoşabin bölib turgani hayratlanarli. Öşa kuni 10 sutkaga qamab qöyilgan tadbirkor, Kun.uz suriştiruvidan keyin, ozodlikka çiqarildi. Bedodlik tafsilotlari bilan batafsil YouTube kanalimizdagi reportaj orqali tanişişingiz mumkin.
Prokurorlar, içki işlar va soliq rahbarlari sektorlar böyiça vazifalardan ozod etildi. Prezident farmoniga köra, bundan buyon sektorlar işiga boş vazir örinbosarlari va Mahallalar uyuşmasi mas’ul böladi. Uşbu farmonda, şuningdek, davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalaşga oid qonun loyihasini may oyida tayyorlab tugatiş vazifasi belgilangan. Bundan taşqari, endilikda vazir va hokim lavozimiga nomzodlar deputatlar tasdiğidan ötiş uçun korrupsiyaning oldini oliş böyiça aniq rejasini taqdim etib, himoya qilişi kerak böladi.
Kartadan kartaga katta miqdorda pul ötkazişda qöşimça himoya çoralari kiritiladi. Seşanba kuni Qonunçilik palatasida birinçi öqişdan ötgan qonun loyihasiga köra, jismoniy şaxslar örtasida katta miqdordagi pul ötkazmalarini qöşimça biometrik va boşqa himoya çoralarini qöllagan holda nazorat qiliş yölga qöyiladi. Ketma-ket uç yoki undan ortiq pul ötkazmalari nazorati avtomatlaştiriladi. Bu örinda “katta miqdordagi ötkazmalar” deganda qança miqdor haqida gap ketayotgani, şuningdek, “ketma-ket ötkazmalar” deganda qança vaqt oraliği nazarda tutilayotgani hozirça ma’lum emas.
Özbekistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi. Çorşanba kuni bu haqdagi qonun Senatda ma’qullandi. Unga köra, nikotin yetkazib berişning elektron tizimlari va ular uçun suyuqliklarni olib kiriş, işlab çiqariş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş uçun jinoiy va ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Ma’muriy çora 37,5 mln sömdan 70 mln sömgaça jarima, jinoiy jazo esa 12 yilgaça ozodlikdan mahrum etişdan iborat. Mahsulot ixtiyoriy ravişda paydo bölgan va ixtiyoriy topşirilgan taqdirda, şaxs javobgarlikdan ozod etiladi. Kiritilayotgan taqiq tamakini qizdiriş tizimlari, stiklar va nosvoyga taalluqli bölmaydi.
Özbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-örinda qoldi. “Çegara bilmas muxbirlar”ning 2025 yilgi reytingida mamlakatimizning 180 ta mamlakat içidagi örni özgarmagan, şu bilan birga, baholaş indikatorlarining barçasi böyiça Özbekistonning ballari yomonlaşgan. Mualliflarga köra, hozir global miqyosda söz erkinligi eng past darajaga tuşgan. Bunga asosiy sabablardan biri – tahririyatlarning moliyaviy şaroiti yomonlaşmoqda, çunki mustaqil jurnalistika – avtokratlar uçun tikan, deydi “Çegara bilmas muxbirlar” rahbari Anya Osterxaus.
Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi