Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarşi kuraşni kuçaytirişga oid prezident qarori imzolandi. Kun.uz ixtiyoriga hujjatning rasmiy şarhi kelib tuşdi.

Unga köra, qonunçilikka quyidagi özgartişlar kiritilişi kutilmoqda:

  • banklar, tölov tizimi operatorlari, tölov taşkilotlari va boşqa taşkilotlarning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida yöl qöyilgan kiberjinoyat oqibatida kelib çiqqan moddiy zararni ular hisobidan undiriş tartibi joriy etiladi;
  • kiberjinoyatni sodir etişda öz nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqami, elektron hamyonidan va boşqa şaxsiga doir ma’lumotlardan (SIM kartasi, elektron akkaunti) foydalanilişiga yöl qöygan şaxslar uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik örnatiladi.

Kiberjinoyatlarning oldini oliş maqsadida:

  • axborot tizimidagi zaifliklar va kamçiliklar natijasida kiberjinoyat sodir etilişiga yöl qöygan banklar va tölov taşkilotlari röyxati ommaga e’lon qilib boriladi;
  • aholi pul mablağlarini jalb qilişga qaratilgan onlayn firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”)ni barvaqt aniqlaş amaliyoti yölga qöyiladi.

Bank kartalaridagi pullar talon-toroj qilinişini töxtatiş maqsadida:

  • banklar, tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlariga zamonaviy antifrod va antivirus himoya tizimlarini joriy etiş;
  • firibgarlarning soxta raqamlar orqali fuqarolarga qönğiroq qilişini texnik çeklaş (imkonsiz qiliş) çoralari köriladi.

Kiberjinoyatlarni foş etiş yönalişida Markaziy bank, tölov tizimi va içki işlar organlari vakillaridan iborat tezkor harakatlaniş guruhi faoliyati yölga qöyiladi. Mazkur guruh tomonidan şubhali pul ötkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalarini tezkorlik bilan aniqlaş va bloklaş kabi çoralar körib boriladi. Natijada kiberjinoyat orqali jinoyatçilar tomonidan özlaştirilgan pullarni respublika hududidan çiqib ketişining oldini oliş va jabrlanuvçiga qaytariş imkoniyati ta’minlanadi.