AQŞda 1962 yil iyulida yöqolgan ayol — Odri Bakeberg tirik va soppa-soğ holatda topildi. Bu haqda Viskonsin ştati Sok okrugi şerifi ofisi ma’lum qildi. 

Qayd etilişiça, Odri yöqolgan vaqtida endigina 20 yoşda bölgan va u ştatning Ridsberg şaharçasida yaşab kelgan. Ayolning uydan öz xohişi bilan çiqib ketgani ta’kidlanmoqda.

The Guardian’ning aniqlik kiritişiça, Odri Bakeberg (qizlik familiyasi keltirilmagan) 15 yoşida Ronald Bakebergga turmuşga çiqadi. Ular ikki farzandli bölişadi, biroq er-xotin munosabatlari murakkablaşib ketadi. Odri yöqolişidan avval sudga murojaat qilib, turmuş örtoği uni kaltaklagani va öldiriş bilan tahdid qilganini bildirgan.

Odri ğoyib bölgan kuni özi işlaydigan fabrikaga maoşini oliş uçun ketgan. U bilan birga bolalarining enagasi ham maşinada Viskonsin markazi — Madisonga borişadi. Söngra ayol avtobusga ötirib, Indianapolisga yöl olgan. Bolalarning enagasi öşa vaqtda 14 yoşda bölgan. Keyinroq u politsiyaga öşa vaziyatda xavotirga tuşib, ortga qaytmoqçi bölganini biroq Odri rozi bölmaganini aytgan. Odrini körgan sönggi manzili — avtobus bekati bölgan.

Ta’kidlanişiça, tergovçilar yillar davomida turli farazlarni körib çiqib, Odrini qidirişda davom etgan, biroq iş yakunda boşi berk köçaga kirib qolgan.

Tergovçilar 2025 yil boşida eski işlarni qayta körib çiqiş jarayonida yöqolgan ayolning singlisi profilini genealogik saytdan topişadi. Şu orqali işda buriliş yuz beradi va Odrini ham topişadi.

Ma’lum bölişiça, Odri boşqa ştatda (nomi oçiqlanmagan) yaşab kelgan. Işni oçgan Ayzek Hensonning aytişiça, ayol u yerda hayotini yangidan boşlagan va bundan zarraça afsusda emas.