Hindiston mintaqadagi geosiyosiy muammolarni deb özbek tovarlari, xususan meva hamda qişloq xöjaligi mahsulotlarini töliq miqdorda ololmayapti. Bundan taşqari, ötgan yili Çobahor portidan foydalaniş böyiça delegatsiyalar uçraşuvi ham kerakli natijani bermagan. Kaşmirdagi voqeani esa Hindiston terrorçilik hujumi deb hisoblaydi, Doc-1 Max işi böyiça muhokamalar tugamagan. Bu haqida Hindiston elçisi Kun.uzʼga bergan intervyusida töxtalib ötdi.

Smita Pant 2024 yil may oyidan beri Hindistonning Özbekistondagi elçisi sifatida işlab kelmoqda. Bundan oldin BAA hamda Buyuk Britaniyada diplomatik faoliyat bilan şuğillangan elçi Özbekistonda diplomat bölib işlayotganidan mamnun. Smita Pant Toşkentdagi qarorgohida oilasi, bolalari hamda uy hayvonlari bilan birga yaşaydi. Ham diplomat, ham ona böliş qiyin, deydi u.

Elçi Kun.uz bilan suhbatda Pokiston bilan Kaşmirdagi mojaro, Özbekiston bilan aloqalar, savdodagi muammo hamda rejalar, Markaziy Osiyoga qaraş, Afğoniston böyiça pozitsiyalar, xorijiy investitsiyalar haqida gaplaşdi. Hindiston ham, Özbekiston ham öz mintaqalarida eng katta jamiyatlar. Hindiston Özbekistondagi ikkinçi ma’muriyatning çegaralarni oçgani, xorijiy investitsiyalarni jalb qilganini ijobiy baholaydi. Ikki tomonlama aloqalarimizda limitlar yöq, deydi elçi Smita Pant.

“Ikki tomonlama munosabatlar haqida gap ketganda, qandaydir limit yöq. Ikkala davlat ham global janubdagi rivojlanayotgan mamlakatlar, biz intilişlarimizni baham köramiz, biz demografik dividendlarga egamiz, şuning uçun ikki lider boş vazir Modi va prezidentlar hamkorlikning muayyan yönalişlarini aniqladi, biz soğliqni saqlaş, sun’iy intellekt haqida köproq gapirişdan manfaatdormiz. Madaniy meros odamlarni odamlar bilan boğlaydi, turizm, axborot texnologiyalari, yoşlar almaşinuvi şuning uçun takror aytamanki, heç qanday çegara yöq. Mintaqaviy özgarişlar fonida yana bir yönaliş muhokamasini qöşişga ijozat bering, terrorizmga qarşi kuraş har ikki tomon örtasida muhim bölib qolaveradigan yönaliş deya olaman” – Smita Pant, Hindistonning Özbekistondagi elçisi

Elçiga köra, Hindiston taşqi siyosatida Markaziy Osiyo muhim rol öynaydi. Lekin Hindiston bu aloqalarga uçinçi tomondan kelib çiqib yondaşmaydi.

“Biz har doim sizning taşqi siyosatingizni qöllab-quvvatlab kelganmiz va bu milliy manfaatlaringiz yölida qilinganini yaxşi bilamiz ham. Strategik ustuvorliklarni, bunday hamkorliklarni qöllab-quvvatlaymiz. Hindiston bilan esa global hamkorlik asrlarga borib taqaladi, öz-özidan biz ikki tomonlama aloqalarimizni uçinçi davlatni inobatga olgan holda qurmaymiz. Ya’ni uçinçi tomon yoki davlat yoki mintaqa öylanib, şuning uçungina mustahkam munosabatlarga ega böliş közlanmagan” - Smita Pant, Hindistonning Özbekistondagi elçisi

Hindiston Özbekistonning asosan neytral pozitsiyalarini töğri tuşunadi.

“Bu milliy manfaatlarni himoya qiliş, davlat manfaatlarini ilgari suriş va köp vektorli taşqi siyosat ekanini biz yaxşi tuşunamiz. Mintaqadagi barqarorlikni saqlaş uçun ham menimça barça yirik, gigant davlatlar bilan yaxşi munosabatlar uşlab turilibdi. Davlatingiz öz siyosiy qiziqişlarini himoya qilmoqda, Özbekiston hukumati buni yaxşi uddalayapti” - Smita Pant, Hindistonning Özbekistondagi elçisi

Hindiston qança xohlamasin, geosiyosiy sabablar tufayli Özbekistondan xohlagança qişloq xöjaligi mahsulotlarini import qilolmayapti. Elçi Smita Pantga köra, bunga birinçi navbatda logistika muammolari tösqinlik qilmaydi, hamma gap geosiyosatda.

“Geosiyosiy muammolar sabab savdo aloqalarimiz zarar kördi degan bölardim. Özbek mahsulotlarini sotib olişga köproq imkonimiz bölişini istardik. Davlatlarimiz Çobahor portiga çiqiş masalasini körib çiqqan, masalan ötgan yili Bombey şahrida işçi uçraşuvi şuni muhokama qilgan. Siz ikki marta qulflangansiz, buni biz yaxşi tuşunamiz, men boşida aytganimdek Hindiston bu ulkan, katta bozor. Lekin özbek mahsulotlari bizni topib bormayapti, çunki ikki davlat bir-birini boğlolmayapti. Hukumatlar buni biladi, xabari bor, lekin geosiyosiy muhitni rad etib bölmaydi, şu sabab köproq mahsulotlar ololmaymiz” - Smita Pant, Hindistonning Özbekistondagi elçisi

Aynan şunday muammolar sabab Çobahor portidan aktiv foydalaniş masalasi böyiça muhokamalar ham kutilgan natijani bermagan.

“Biz Çobahor portidan foydalaniş borasida muhokamalaşdik, işladik, lekin özgariş bölmadi, biz xohlagandek oldinga qadam taşlolmadik. biz Özbekistondan Çobahor böyiça işlovçi delegatsiyani ham çaqirdik. Bilasizmi, Buyuk ipak yöli davrida geosiyosat bunday xalaqit qilmagan, odamlararo savdo hamda ğoyalar almaşinuvi bölgan. Hindiston Özbekistonning milliy hamkori sifatida oldingidek savdo aloqalari bölişiga umid qilib qolamiz” - Smita Pant, Hindistonning Özbekistondagi elçisi

Suhbat davomida elçi 22 apreldan alanga olgan Kaşmirdagi mojaro, bu borada Hindistonning pozitsiyasi xususida ham gapirdi. Bu terror hujumi, odamlar diniy e’tiqodi uçun öldirildi, deydi Smita Pant.  

“Aytganingizdek, 22 aprel kuni 26 kişi hayotdan köz yumdi. Ikkita juda ham şafqatsiz terrorçilik hodisasi yuz berdi, şu narsa faktki, bu odamlar öz oila a’zolari, qizlari, öğillari, qarindoşlari va döstlari yonida vahşiylarça öldirildi. Bu uzoq vaqt bizning xotiramizda saqlanib qoladi, xuddiki Mumbaydagi vahşiy terroristik akt singari. Hozir men nimani ayta olaman, bilasizmi? Bu odamlar endi xalqaro hamjamiyatdan adolat istayapti. Döst Özbekiston hukumati esa terrorizmning barça körinişlariga nafrat közi bilan qaraşini yaxşi tuşunamiz” - Smita Pant, Hindistonning Özbekistondagi elçisi

Hindiston elçisiga köra, yöqotilgan jonlar uçun odamlar dunyo va Hindiston hukumatidan adolat istaydi.

Intervyuni Kun.uzʼning YouTube sahifasida töliq tomoşa qilişingiz mumkin böladi.

Şohrux Majidzoda suhbatlaşdi.