6 may, seşanba kuni Rossiya qöşinlari Ukrainaning Sumi şahri çekkasiga ballistik hujum uyuştirdi. Hujum natijasida uç kişi — 20 yoşli qiz, 41 yoşli erkak va 6 yoşli bola halok böldi, dedi Sumi viloyati ma’muriyati raisi Oleg Grigorov. «Yarador bölgan tört nafar bola va tört nafar kattalar hozir tibbiy muassasalarda. Ikki nafarining ahvoli öta oğir», — deya qöşimça qildi Grigorov.
Şuningdek, 6 may kuni keçqurun Rossiya Federatsiyasi Zaporijjya şahriga Shahed dronlari bilan hujum qildi. Zaporijjya VHM rahbari Ivan Fedorovning sözlariga köra, şaharga kamida 13 marta zarba berilgan. Zaporijjyadagi hujum natijasida binolar zarar kördi; dastlabki ma’lumotlarga köra, vayronalar ostida odamlar bor. Voqea joyida favqulodda xizmatlar işlamoqda.
6 mayga ötar keçasi Rossiya Ukrainaga qarşi turli yönalişlardan 136 ta hujumkor dron va dron imitatorlarini uçirdi, deya xabar berdi Ukraina Harbiy-havo kuçlari qömondonligi. Idora ma’lumotlariga köra, Shahed tipidagi 54 ta dron urib tuşirilgan, 70 ta imitator esa yöqotilgan.


















