Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ğalabaning 80 yilligini nişonlaş uçun Moskvaga bormaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamçisi Yuriy Uşakov ma’lum qildi.
Avvalroq u Kreml 9 may kuni Moskvada bölib ötadigan paradga 29 ta davlat rahbarlarini, jumladan, Ozarboyjon prezidentini taklif qilganini aytgan edi.
«Afsuski, Aliyev kelmasligi haqida xabar oldik. Ular uni Haydar Aliyevga bağişlangan içki tadbirlarda iştirok etişi kerakligini tuşuntirişdi», dedi Uşakov.
Rossiya va Ozarboyjon örtasidagi munosabatlar 2024 yil dekabrida Azebaijan Airlines samolyoti Qozoğistonda halokatga uçraganidan söng sovuqlaşdi. OAV ma’lumotlariga köra, samolyot halokatiga Rossiya havo mudofaa tizimi sabab bölgan.
Ilhom Aliyev oxirgi marta 2015 yil 9 may kuni Moskvadagi paradda qatnaşgan.


















