Texnik sabablarga, şuningdek, samolyotning parvozga tayyor emasligi sababli faqat 9 may kuni HY279/280 reysi (Urganç—Istanbul—Urganç) majburiy ravişda bekor qilindi, deb xabar beradi Uzbekistan Airways.

Qayd etilişiça, kutiş davomida reys yölovçilariga ovqat va içimliklar taqdim etilgan. Hozirda yölovçilarni mehmonxonaga joylaştiriş işlari olib borilmoqda.

Bekor qilingan reys yölovçilarini olib ketiş 10 may kuni Uzbekistan Airways’ning öz reyslari orqali amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Ta’kidlanişiça, batafsil ma’lumot Istanbuldagi aviakompaniya vakolatxonasi tomonidan yölovçilarga tez orada taqdim etiladi.

Şuningdek, Hindiston va Pokiston çegaradoş hududlarida havo makonining vaqtinçalik yopilişi munosabati bilan faqat 10 may kuni HY423/424 reyslari (Toşkent–Dehli–Toşkent yönalişi) özgartirilgan marşrut asosida amalga oşiriladi, bu esa parvoz jadvaliga özgariş kiritilişiga olib keladi:

  • Toşkentdan jönaş — 08:45, Dehliga yetib boriş — 15:15;
  • Dehlidan jönaş — 17:15, Toşkentga yetib boriş — 23:15.