Andijonda toşqin: sabablar ma’lum, sababçilar mavhum. Şifokorlar oyligi: 1000 dollarlik planka 1500 dollarga kötarildi. Oliy ta’lim: sirtqi ta’lim yopiladi, nazorat kuçayadi, “Work and travel”çilarga foizsiz qarz beriladi. Jarima ballari 1 iyundan boşlanadi: haydovçilar foydasiga özgariş bor. Haftaning Özbekistonga oid muhim voqealari – Kun.uz dayjestida.
Buloqboşida toşqin
Hafta Andijon viloyati Buloqboşi tumanidagi Sarvontepa mahallasi ahli uçun maşaqqatli keldi. 8 may kuni ertalab Janubiy Farğona kanali qirğoğining öpirilişi oqibatida, mahalladagi yuzdan ortiq hovlilarni suv bosdi. Aholi vakillariga köra, toşqin paytida ayrim uylarda suv sathining balandligi 70-80 santimetrgaça yetgan. Suv ba’zi xonadonlarda uy içigaça kirib borgan, ba’zi uylardagi qöşimça inşootlar, ba’zilarda esa faqat ekinlar zarar körgan.
“Özbekgidroenergo”ning izohlaşiça, röy bergan holat Janubiy Farğona magistral kanalida kiçik GES qurilişi bilan boğliq. Loyiha doirasida kanalda suvni tösiş inşooti qurilib, suv oqimi vaqtinça aylanma kanalga yönaltirilgan, lekin negadir aylanma kanalning suv ötkaziş qobiliyati inobatga olinmagan: soniyasiga 60 kubometr hajmni ötkazişga möljallangan kanalga 70 kubometr suv kelgan, kanal qirğoği esa bunga doş berolmay, öpirilgan.
Kanalga loyihaviy miqdordan ortiqça suv yönaltirilgani uçun mas’uliyat kimning zimmasida ekani aytilmayapti. Şunisi ma’lumki, GES quriş loyihasini Rossiya moliyalaştirmoqda, quriliş işlarini “tayyor holda topşiriş” şarti bilan Rossiyaning “Energosila” kompaniyasi amalga oşiryapti. Röy bergan holatga huquqiy baho beriladimi-yöqmi, bu savol ham hozirça oçiq: ötgan uç kun davomida huquq organlaridan biror reaksiya bölmadi.
Ayni paytda, taxminan 150 ta xonadonga yetkazilgan zarar uçun kompensatsiya favqulodda tezlik bilan tölab berilgani, ertasiga mahalla yöllariga asfalt yotqiziş işlari ham boşlanganini e’tirof etiş mumkin. “Hatto ekkan pomidoridan qança hosil kutayotganigaça bozor bahosida hisob-kitob qildik. Pullarni olib kelib qöydik, keçasi bilan xalqimizga tarqatamiz. Biror inson norozi bölmaydi, hamma narsa joy-joyiga qöyib beriladi”, dedi Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov.
Eng köp kompensatsiya olganlardan biri – ham uyi, ham biznesiga talafot yetgan tadbirkor ayol uyiga bir qop pul – 250 mln söm bilan qaytdi. Hozirça aynan qança pul tarqatilgani, hodisadan körilgan umumiy zarar miqdori qançaligi oçiqlanmadi. Viloyat mahallalar uyuşmasi rahbari Muhammadjon Nişonovga köra, zararlarni qoplaş uçun pullarni “Özbekgidroenergo” vakillari olib kelgan. Davlat kompaniyasining bu xarajatlari hujjatlarda qanday rasmiylaştirilgan, keyinçalik ularni qoplaş masalasi köriladimi-yöqmi, yuqorida aytganimizdek, noma’lum bölib qolmoqda.
Boysunda gaz favvorasi
Andijonda röy bergan texnogen ofat uçun jabrlanuvçilarga şu kunning özidayoq kompensatsiya tölanganini hammadan ham köra boysunliklar özgaça taassurot bilan kuzatgan bölsa ajab emas. “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi texnogen falokat sabab bir neça oy qölansa hiddan aziyat çekkan, salomatligi yomonlaşgan, sarson-sargardon bölgan boysunliklarning moddiy va ma’naviy zararlarini qoplaş masalasida na rasmiylardan, na pudratçi kompaniyadan 9 oydan beri sado çiqmadi. Kon atrofida yaşovçilar hozir ham vaqti-vaqti bilan oltingugurt hidini sezib turişibdi: konda yangi gaz otilib çiqiş nuqtalari paydo bölişi bilan, atrofni avvalgidek qölansa hid tutib ketadi, favvora yoqib qöyilgaç, hid kamayadi.
Şunday holatlardan navbatdagisi 5 may kuni tongda röy berdi. Energetika vazirligiga köra, 202-sonli quduqdan favvora bölib gaz otilib çiqişi holati takrorlangan. Bu quduqdagi birinçi portlaş 27 mart kuni röy bergan, şundan keyin fontanlaniş 1 oy davom etib, quduq öqining ğovlanib tuşgani va kolonna çiqib ketişi natijasida töxtagan. 5 may kungi takroriy portlaşdan keyin yuzaga kelgan favvora, videolarga qaraganda, bir neça ön metr balandlikkaça kötarilgan. Vazirlik axborotida, doimgidek, aholi punktlari uçun xavf yöqligi aytilgan, umumiy vaziyat borasidagi rejalar va prognozlar haqida ma’lumot berilmagan.
“Oilaviy şifokorlar 1500 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”
Şifokorlarning oyligi böyiça avval e’lon qilingan 1000 dollarlik marra plankasi kötarildi: endi 1500 dollar xaqida gap ketmoqda. Bu haqda çorşanba kuni prezident selektorida ma’lum qilindi. Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, yangi tizimda tumanlardagi markaziy poliklinikalarda işlovçi oilaviy şifokorning bazaviy oyligi 500 dollar, hamşiraniki esa 300 dollar böladi. Ular malaka sertifikatini oliş orqali oyligini 2 barobarga, yuqori samaradorlik körsatkiçlariga erişiş orqali 3 barobarga oşiriş imkoniga ega böladi. Yuqori samaradorlik körsatkiçlari deganda, mahallada yurib surunkali kasalligi bor aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, onkologik, diabet, insult, infarkt kabi kasalliklarni erta aniqlab, şifoxonalarga tuşadigan yuklamani kamaytiriş tuşuniladi.
“Bir söz bilan aytganda, oilaviy şifokorlar 1,5 ming dollar, hamşiralar esa 600–800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz. Lekin, natija ham şunga yaraşa bölişi kerak”, – dedi davlat rahbari.
Ma’lum qilinişiça, bundan buyon birlamçi böğinda 0,5 yoki 0,25 stavka bölmaydi: barça şifokor va hamşiralar faqat töliq stavkada işlaydi. Şuningdek, poliklinikalarda akuşer-ginekologlar sonini 2 baravarga oşiriş, pediatr ştatlarini ham köpaytiriş, tibbiy yordamning kafolatlangan paketini tasdiqlaş reja qilingan.
Yangi rejalar e’lon qilinarkan, köpçilik eski rejalarning amalga oşmayotganini öylaşi tabiiy. Bu masala selektorda ham örtaga taşlandi. Prezident tibbiy suğurtani joriy qiliş yillardan beri ortga surilib kelinayotgani, tizimni töliq raqamlaştiriş uyoqda tursin, oddiy “elektron retsept” ham işga tuşirilmaganini tanqid qildi. “Elektron poliklinika” va “elektron şifoxona”ni joriy etişda ham jiddiy oqsoqliklar bor, dedi Şavkat Mirziyoyev. Kamçiliklar sababli soğliqni saqlaş vazirining ikki örinbosari lavozimidan olinib, yana biriga 6 oy muhlat berildi.
Yiğilişda dalillarga asoslangan tibbiyotga ötiş böyiça topşiriqlar böldi. Hisob-kitoblarga köra, özbekistonliklar har yili 600-700 mln dollar sarflab, samaradorligi isbotlanmagan dorilarni sotib olyapti. Bunday dorilarning importdagi uluşi naq 42 foiz ekani hayratlanarli. Şunga köra, “samarasiz yoki samarasi örganilmagan” deb topilgan preparatlarni klinik protokollardan çiqariş, bolalar şifoxonalarida antibiotiklarni asosli qöllaş böyiça kompleks reviziya ötkaziş közda tutilgan.
Sirtqi ta’lim yopiladi, yangi agentlik oçiladi
Oliygohlarda sirtqi ta’limga qabul töxtatiladi. Prezident farmoni bilan, uning örniga kredit-modul tizimidagi maqbullaştirilgan kunduzgi ta’lim şaklini oçişga ruxsat berildi. Oliy ta’limning bu şakli – odatiy kunduzgi ta’limga qaraganda dars soatlari va yuklamaning kamligi bilan ajralib turadi. Universitetlar ta’limning bu kabi muqobil şakllariga yoppasiga ötib ketmasligi uçun, maqbullaştirilgan kunduzgi, keçki va masofaviy ta’lim şakllari böyiça kvotalar sonini kunduzgi ta’limga qaraganda 50 foizdan oşirmaslik talabi kiritildi. Bunga rioya qilmagan OTMlarning litsenziyasi bekor qilinadi.
Farmon bilan, universitetlar ustidan nazorat kuçaytirilyapti. Uç yil oldin ma’muriy reforma vaqtida yopilgan Ta’lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasiga öxşaş yangi bir taşkilot – Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi taşkil etilmoqda. Agentlik texnikum, oliygoh kabi ta’lim taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkaziş, ularning reytingini tuziş bilan şuğullanadi. Akkreditatsiya vaqtida aniqlangan kamçiliklarini bartaraf etmagan ta’lim taşkilotlarining faoliyati taqiqlanadi. Agentlikka zarurat tuğilganda navbatdan taşqari tekşiruvlar ötkaziş vakolati ham berildi. Biz ayniqsa xususiy oliy ta’lim ustidan nazorat kuçaytirilişining salbiy oqibatlari haqida ötgan haftadagi dayjestimizda töxtalib ötgandik.
Şu hafta e’lon qilingan boşqa bir hujjat bilan, “Work and travel” (iş va sayohat) dasturlari doirasida xorijga işlaş uçun boradigan talabalarga foizsiz qarz beriş tartibi belgilandi. Unga köra, har yili 2 ming nafar talabaga ta’til vaqtida AQŞ, Yevropa Ittifoqi, Britaniya, Koreya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga borib işlab kelişi uçun 15 mln sömgaça ssuda ajratiladi. Olingan qarzni qaytib kelgandan keyin 1 oy içida qaytariş kerak. Da’vogarlar 15 maydan boşlab davlat xizmatlari markazi yoki yagona portal orqali ariza berişi mumkin.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Haydovçilarga qoidabuzarlik uçun jarima ballari hisoblaş 1 iyundan boşlanadigan böldi. Imzolangan hukumat qarori muhokamaga çiqarilganidan biroz farq qiladi: bir neçta qoidabuzarliklar uçun ballar miqdori kamaytirilgan. Loyihada eng kam – 0,3 ball beriladigan faqat bitta qoidabuzarlik kiritilgan bölsa, yakuniy versiyada ikkita qoidabuzarlik uçun 0,2, yana ikkitasi uçun 0,3 balldan berilişi közda tutilgan. Şu tariqa, 7 yilga çözilgan, özi avvalboşdan çalajon ahvolda bölgan tartib deyarli ölik ahvolga keltirilgan. Natijada 1 iyundan keyin ham yöllarda xavfsizlik borasida aytarli heç narsa özgarmaydi.
Özbekistonga gibrid elektromobillarni olib kirişda ekologik sertifikat oliş talabi qöyildi. Qöyildi-yu, 3 kunga bormay olib taşlandi. Avtoblogerlarga köra, sertifikat oliş narxi qariyb 2 mln söm deb belgilangan. Avtomobil importini battar qimmatlaştiradigan bu sirli çora nega joriy qilindi-yu, nega bekor qilindi – rasmiylardan biror izoh bölgani yöq. Statistika qömitasiga köra, yilning dastlabki uç oyida Özbekistonga 7 mingta yengil avtomobil olib kirilgan. Taqqoslaş uçun, ötgan yili birgina yanvar oyining özida 10 mingtadan köp avtomobil import qilingandi.
Samarqand viloyatida odamlar ölimiga olib kelgan ikkita portlaş röy berdi. Kattaqörğondagi AYoQŞda “Zil” maşinasidan yoqilği saqlovçi konteynerga solyarka quyilayotgan paytda portlaş röy berib, 2 kişi halok böldi, bir kişi jarohatlandi. Samarqand şahrida esa köp qavatli uylardan biriga gaz tölib qolişi oqibatida portlaş sodir böldi. Voqea joyidan 6 kişining jasadi topilgan.
Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga 10 ming dollardan pul mukofotlari berildi. Uruş qatnaşçilariga tenglaştirilgan şaxslar esa 25 mln söm bilan taqdirlandi. Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, bugungi kunda Özbekistonda II jahon uruşi qatnaşçilari va ularga tenglaştirilgan faxriylar soni 82 nafarni taşkil qiladi. 8 may kuni ulardan bir guruhi va davlat rahbari örtasida Ğalaba boğida tadbir taşkil etildi. Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, 9 may kuni Moskvadagi harbiy paradda ham iştirok etdi.
Jizzaxda AES quriş yölida yana bir qadam taşlandi. 6 may kuni prezidentning energetika masalalari böyiça maslahatçisi Alişer Sultonov raisligida operativ ştab va ilmiy-texnik kengaşning qöşma yiğilişi bölib ötdi. Unda Forişda kam quvvatli AESni joylaştiriş sxemasi tasdiqlandi. “Özatom” stansiyani joylaştiriş uçun ruxsatnomani kelasi yil boşida olişni rejalaştirmoqda. Ötgan oyda loyihaning quriliş-montaj bazasini quriş işlari boşlangandi.
Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova












