AQŞ prezidenti Donald Tramp Istanbulga 15 may kuni, Rossiya va Ukraina örtasida uruş böyiça muzokaralar ötkazilişi mumkin bölgan kuni şaxsan özi uçib ketişi mumkinligini aytdi. Bu haqda Tramp 12 may, duşanba kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Men uçib keliş haqida öyladim. Payşanba kuni qayerda bölişimni bilmayman. Köp uçraşuvlarim bor, lekin aslida uçib boriş haqida öyladim. Agar biror narsa bölişi mumkinligini tuşunsam, şunday imkoniyat bor deb öylayman», — deya Trampning sözlarini keltiradi Reuters.
Uning sözlariga köra, Rossiya va Ukraina örtasida Istanbuldagi uçraşuvdan «yaxşi natijalar kutiş mumkin» va u «potensialga ega». Trampning özi şu hafta Saudiya Arabistoni, BAA va Qatarga taşrif buyuradi, deb eslatadi agentlik.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa davlatlari va AQŞning 30 kunlik öt oçişni töxtatiş töğrisida e’lon qiliş haqidagi çaqiriqlariga e’tibor bermay, 15 may kuni Ukraina bilan «oldindan heç qanday şartlarsiz» Turkiyada töğridan töğri muzokaralar ötkazişni taklif qildi. Zelenskiy Istanbulda Putin bilan bevosita muzokaralarga tayyor ekanligini aytdi. «Putinni payşanba kuni Turkiyada kutaman. Şaxsan özim. Umid qilamanki, bu safar ruslar turli bahonalarni izlamaydi», — deb yozgan Zelenskiy. Kreml bu xabarga javob bermadi.


















