Toşkent şahri Yakkasaroy tumani markazidan ötuvçi Şota Rustaveli köçasining boşidan oxirigaça avtobuslarning tezkor harakatlanişi uçun BRT (bus rapid transit) yölagi quriladi.
Kun.uz'ning Toşkent şahar hokimligidagi manbasiga köra, hozirda Şota Rustaveli köçasida mavjud “A” harfli maxsus yölaklar yölning çetidan örta qismiga köçiriladi.
Yöl örtasidagi tezkor yölak uzunligi qariyb 6,5 km böladi: Grand Mir mehmonxonasi qarşisidagi çorrahadan boşlanib, Çoştepa köçasining boşlaniş qismigaça (xalq tilida “Özgariş” çorrahasi) davom etadi.
Quriliş işlari 1 iyundan boşlanib, 1 sentabrgaça davom etişi belgilangan.
Loyihani poytaxt hokimligining “Toşkent invest” kompaniyasi va China State Construction Engineering korporatsiyasi amalga oşiradi. Loyiha qiymati ma’lum emas.
Hokimlik ayni şu masala yuzasidan 20 may kuni matbuot anjumani ötkazadi. Unda YHXB, transport boşqarmasi, “Toşkent invest”, TIK Engineering Group va CSCEC loyiha taşkilotlari vakillari qatnaşadi.
Ma’lumot uçun, şaharning markaziy köçalarida tezkor avtobus yönalişlari (BRT) taşkil etiş prezidentning 2024 yil 24 sentabrdagi 338-sonli qarorida belgilangan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil noyabr oyida Toşkent şahar hokimligi China State Construction Engineering korporatsiyasi bilan salkam 1 mlrd dollarlik şartnoma imzolagan edi.
Tendersiz tuzilgan kelişuv 300 mln dollarga Toşkent şahri yöl infratuzilmasini rekonstruksiya qiliş va modernizatsiyalaş, 259 mln dollarga köpriklarni loyihalaş va quriş hamda 440 mln dollarga yirik turar joy majmuasi qurişni közda tutadi.
2022 yilda Şota Rustaveli köçasida tramvayni tiklaş rejalari haqida xabar berilgandi.












