«Prezident Putin ham [Istanbuldagi muzokaralarga] borişiga umid qilamiz va şunda u yerga prezident Tramp ham boradi. Bu mutlaqo kutilmagan uçraşuv bölişi mumkin», — deydi AQŞ prezidentining Ukraina böyiça maxsus vakili Kellog.
Amerika prezidenti ma’muriyatining yana bir yuqori martabali amaldorining aytişiça, Trampning Istanbulga boriş ehtimoli haqidagi bayonoti Putinga «katta bosim» ötkazgan.
Maxsus vakil AQŞ avvalo öt oçişni töxtatiş tarafdori ekani, uruşayotgan tomonlar şundan keyingina boşqa masalalarni muhokama qilişi lozimligini eslatib ötdi.
Kellogning sözlariga köra, uruşni töxtatiş masalalari doirasida, şuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polşa harbiylarining Dneprning ğarbiy qismiga joylaştirilişi ham muhokama qilinadi.
Oldinroq Donald Tramp 15 may kuni Istanbulda ötkaziladigan Rossiya—Ukraina muzokaralariga taşrif buyurişi mumkinligini aytgandi. «Men uçib keliş haqida öyladim. Payşanba kuni qayerda bölişimni bilmayman. Köp uçraşuvlarim bor, lekin aslida uçib boriş haqida öyladim. Agar biror narsa bölişi mumkinligini tuşunsam, şunday imkoniyat bor deb öylayman», — degan u.
11 may kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Istanbulda RF prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşişga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Öz navbatida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya «uzoq muddatli tinç yöl bilan kelişuvga erişiş yöllarini jiddiy izlaşga» bel boğlaganini ta’kidlagan. Biroq u Zelenskiyning Putinga muzokaralarda şaxsan iştirok etiş taklifiga izoh bermagan.


















