Ekstremal ob-havo hodisalari, ayniqsa, Texas ştatida, global ma’lumotlar bazalarida qayd etilganidan ança köp sodir böladi. Texas universiteti tadqiqotçilari Mettyu Presser va Paola Passalakkuaning aniqlaşiça, yirik suv toşqinlari va xavfli jaziramalar soni hamda ular yetkazgan zarar jiddiy baholanmayapti. Tadqiqot natijalari AGU Advances jurnalida çop etilgan.

Olimlar 2001–2020 yillar oraliğida sun’iy yöldoş yordamida olingan ma’lumotlarni — harorat va yoğingarçilik darajalarini tahlil qilib, Texasdagi iqlim xavfining ança töliq manzarasini tuzgan. Ular NOAA va Dartmouth Flood Observatory’da keltirilgan rasmiy körsatkiçlarga qaraganda uç baravar köproq suv toşqinlari yuz bergani va 320 million dollarlik hisobga olinmagan iqtisodiy zarar mavjudligini aniqlagan.

Avvalgi iqlimiy tadqiqotlarda «issiqlik» deganda köpinça faqat ma’lum darajadan yuqori bölgan haroratli kunlar nazarda tutilgan. Yangi tadqiqotda esa alohida issiq muddatlar, ya’ni soğliq uçun xavfli bölgan namlik-harorat indeksi 30 darajadan oşgan kunlar ham ekstremal hodisa sifatida baholangan. Ma’lum bölişiça, 2003 yildan 2020 yilgaça Texasda bunday xavfli kunlar soni 2 517 taga yetgan — bu hisobotdagi davrning deyarli 40 foizini taşkil etadi.

Mualliflarning fikriça, ilgari qöllangan baholaş usullari iqlim xavflarining kölamini ança past körsatgan va bu tahdidlarning aholi guruhlariga turliça ta’sirini hisobga olmagan.

«Tadqiqotimiz iqlimiy xatarlarga baho berişda töliqroq va sezgirroq mezonlardan foydalaniş naqadar muhimligini körsatmoqda, ayniqsa, ijtimoiy jihatdan zaif jamoalarda», — deya ta’kidlaydi olimlar.