Rossiyaning Kursk oblasti Gluşkovo rayoni rahbari Pavel Zolotarev mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvda uni Ukrainaning Sumi oblastini bosib olişga çaqirdi. 21 may, çorşanba kuni TASS davlat agentligi xabariga köra, bu Putin va Kursk oblastidagi munitsipalitetlar rahbarlarining uçraşuvida sodir böldi. Ukraina kuçlarini çegaradan neça kilometr uzoqlaştiriş kerakligi haqida gapirgan Zolotarev şunday dedi: «Sumi bizniki bölişi kerak. Yarimoroldagidek yaşay olmaymiz. Biz köp bölişimiz kerak. Heç bölmaganda Sumi. Men şunday deb öylayman».

«Şuning uçun ular Aleksandr Yevseyeviçni (Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksandr Xinşteyn) saylaşdi, u ham köproq narsani xohlaydi», deb javob bergan Putin.

Rossiya çegarasidan taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylaşgan Sumi şahri muntazam ravişda öqqa tutilmoqda. DeepState loyihalaridan birining ma’lumotlariga köra, Sumi oblastida Rossiya harbiylari tomonidan bosib olingan hududlar yöq. Rossiya armiyasi uni 2022 yil mart oyida, Kiyevga hujum muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan keyin tark etgandi.

Ayni paytda Ukraina Milliy gvardiyasi 20 may kuni Rossiyaning Sumi oblastidagi öq otiş poligoniga bergan zarbasi natijasida olti ukrainalik harbiy xizmatçi halok bölganini ma’lum qildi. Putin Kursk oblastida «köngillilar» bilan uçraşuvda uşbu zarba haqidagi savolga javob berar ekan, Ukraina qurolli kuçlari «çegara» tomon harakatlanayotganini aytdi.

13 aprel kuni Rossiya harbiylari Sumi şahri markaziga raketa hujumi uyuştirgan va 35 kişi, jumladan, ikki bola halok bölgandi. 120 dan ortiq kişi jarohatlangan. Rossiya mudofaa vazirligi zarba nişoni "Seversk" operativ-taktik guruhi qömondonlik ştabi yiğilişi ötkaziladigan joy bölganini ma’lum qilgandi.