Ilon Maskning SpaceX aerokosmik kompaniyasi mart oyidagi sinov vaqtida portlab ketgan Starship raketasiga oid tergov natijalarini e’lon qildi. 

Ma’lumotlar tahlili 6 mart kungi avariya Raptor dvigatellaridan biridagi uskunaning işdan çiqişi hisobiga sodir bölganini körsatgan. Bu havo kemasining pastki qismida yonilğining boşqarib bölmaydigan yonişini yuzaga keltirgan va oqibatda uçta qöşni dvigatelning öçişi sodir bölgan. Aloqa uzilganidan ikki daqiqa ötib, tizim avtomatik ravişda boşqarilmaydigan poğonani yöq qilgan.

Uşbu hodisaga qaramay, missiya qisman muvaffaqiyatli keçdi, deb hisoblangan: Super Heavy’ning birinçi poğonasi Texasdagi start maydonçasiga ilk bor boşqariluvçan qaytişni amalga oşirgan. Qöniş vaqtida 13 ta dvigateldan faqat 12 tasi işlagan — yuzaga kelgan muammo alanga oldiruvçi qurilmalarning qizib ketişi bilan boğliq.

SpaceX 27 may kuni töqqizinçi sinov parvozini amalga oşirişini e’lon qildi. 

Avvalroq Texas aholisi SpaceX şahrini taşkil etişni yoqlab ovoz bergandi. Kompaniyaning Texasda joylaşgan Starbase bazasi şu nomdagi alohida şaharga aylantiriladi. Mahalliy aholi örtasida ötkazilgan ovoz beriş jarayonlarida uşbu taşabbus qöllab-quvvatlangan.