Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 ta shaharda joylashgan 1034 ta ko‘p qavatli uy rekonstruksiya qilinadi
Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida Jahon banki loyiha koordinatori Yorn Xuenteler boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, «Issiqlikta’minoti» boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish maqsadida 2025 yilda O‘zbekiston prezidentining 100-son qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan 2026-2030 yillar davomida Andijon, Buxoro, Samarqand va Chirchiq shaharlarida joylashgan 1034 ta ko‘p qavatli uy, jumladan, 53 044 ta xonadonni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda ko‘p qavatli uylarning energosamaradorligini ta’minlash dasturining loyihaviy modelini ishlab chiqish, Jahon banki ko‘magida amalga oshiriladigan ishlarning yo‘l-xaritasini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida kelgusi istiqbolli hamkorlikka kelishib olindi.
Mavzuga oid
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
08:50 / 02.06.2026
Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
22:00 / 13.05.2026
Nega SSSR paytida ko‘p qavatli uylar asosan 5 yoki 9 qavatli qilib qurilgan?
11:22 / 10.04.2026