Muloqot davomida Özbekiston va Pokiston örtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, iqtisodiyot, investitsiya, transport, ta’lim, madaniyat va turizm kabi sohalarga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuvda Transafğon temiryöli loyihasiga ham töxtalib ötildi. Pokistonlik mulozim mazkur loyiha Xayber-Paxtunxva, xususan, Xarlaçi orqali ötişi butun provinsiya uçun strategik ahamiyat kasb etişini ta’kidladi.
Bundan taşqari, suhbat çoğida 2022 yilda Surxondaryo viloyati hokimligi va Xayber-Paxtunxva provinsiyasi hukumatlari örtasida imzolangan Hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumi doirasida, amaliy tadbirlarni faollaştiriş yuzasidan ham fikr almaşildi.
Muloqot yakunida Termiz va Peşovar şaharlari örtasida birodarlaşgan şaharlar maqomini örnatiş böyiça hujjat loyihasini işlab çiqiş hamda joriy yilning avgust oyida gubernator boşçiligidagi Xayber-Paxtunxva işbilarmonlar delegatsiyasining Özbekistonga amaliy safarini taşkil etiş xususida kelişib olindi.

















