Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Taşqi işlar vazirligining Maxfiy razvedka xizmati (MI6, taşqi siyosat razvedkasi) boşliği etib Bleyz Metreveli tayinlanişini ma’lum qildi.
«Metreveli agentlik tarixidagi ön sakkizinçi rahbar va Buyuk Britaniya duşmanlari tomonidan tahdidlar kuçayib borayotgan bir paytda bu lavozimdagi birinçi ayol böladi», deyiladi bayonotda. Metrevelining özi bu tayinlanişdan «ğururlanişini» va buni «şaraf» deb bilişini aytdi.
Bleyz Metreveli MI6 amaldagi rahbari Riçard Mur örnini egallaydi, u agentlikni 2020 yildan buyon boşqarib kelgan va şu yil kuzida öz lavozimini tark etadi. Maxfiy razvedka xizmati rahbari agentlikning yagona oşkor xodimi hisoblanadi.
Bleyz Metreveli 47 yoşda va 1999 yildan beri Britaniya razvedka xizmatlarida işlaydi, deb yozdi BBC News. Metreveli hozir texnologiya va innovatsiyalar uçun mas’ul bölgan MI6 bölimi Q rahbari bölib işlayapti. Bungaça u Britaniya xavfsizlik xizmati (MI5) – Britaniya kontrrazvedka agentligini boşqargan.












