Qozoğiston Xitoyga 1,5 ming boş sayğoq sovğa qiladi. Bu haqda prezident Qosim-Jömart Töqayev ma’lum qildi, deb yozdi «Zakon».

«Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev qöşni davlatdagi populyatsiyasini tiklaş maqsadida Xitoyning ğarbiy qismiga qöyib yuboriş uçun Xitoy hukumatiga 1,5 ming boş sayğoqni sovğa qiliş töğrisida qaror qabul qildi. Öz navbatida, Xitoy raisi Si Jinping sayğoqlar populyatsiyasini qayta tiklaş böyiça qabul qilingan qarori uçun Qosim-Jömart Töqayevga minnatdorçilik bildirdi», deyiladi xabarda.

Avvalroq Qozoğistonda sayğoqlar populyatsiyasi haddan ziyod köpaygani, mahalliy fermerlar bundan aziyat çekayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu yil sayğoqlar soni 5 milliondan oşişi kutilmoqda.

Sayğoqlar hatto Rossiya hududlariga köçib ötib, ekinlar, yaylovlar, piçanzorlarni payhon qilayotgani tufayli, rossiyalik fermerlar prezident Vladimir Putindan yordam söragan edi.