Kanada boş vaziri Mark Karni Ukrainaga qöşimça 2 milliard Kanada dollari (1,47 milliard AQŞ dollari) harbiy yordam ajratilişini e’lon qildi. Bu haqda Kanada hukumati rahbari 17 iyun, seşanba kuni G7 sammitiga kelgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuv çoğida ma’lum qildi.
Karnining sözlariga köra, yangi yordam paketi dronlar, öq-dorilar va zirhli maşinalar uçun pulni öz içiga oladi. Şuningdek, u Kiyevga infratuzilmani tiklaş uçun yangi 2,3 milliard dollar kredit berilişini va’da qildi.
Bundan taşqari, Mark Karni Moskvaga qarşi sanksiyalarni çetlab ötişga yordam beruvçi 77 jismoniy va 39 yuridik şaxsga, şuningdek, Rossiya «soyadagi floti»ning 200 ta kemasiga nisbatan çeklov çoralari joriy etilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi AFP. U «muzokaralar stoliga ötirişdan boş tortgan Rossiyaga maksimal bosim ötkaziş muhimligini» qayd etdi.

















