Voyaga yetmagan qizni muntazam zörlab kelgan 32 yoşli Abror Kozubayev jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Kun.uz’ga Toşkent şahar sudi matbuot xizmati rahbari xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Abror Kozubayevga oid jinoyat işi yopiq sud majlisida körib çiqilgan.
Jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudining 2024 yil 27 dekabrdagi hukmi bilan Abror Kozubayev Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 2-qismi bilan ayblaş epizodi böyiça harakatlarida jinoyat tarkibi bölmagani sababli aybsiz deb topilib, oqlangan.
U Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 126-1-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) 3-qismi, 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi, 25,119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismi va 119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan 17 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Tayinlangan jazoning 1 yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan. Şuningdek, hukm qonuniy kuçga kirgaç, Abror Kozubayevdan jabrlanuvçi M.A. foydasiga jinoyat oqibatida yetkazilgan 254,6 mln söm moddiy zararni undiriş nazarda tutilgan.
Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 17 apreldagi ajrimi bilan birinçi instansiya sudi hukmining Abror Kozubayevga oid qismi özgartirilgan. Ya’ni uning harakatlaridan öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş jinoyati hamda uşbu jinoyat böyiça tayinlangan jazo çiqarilgan. Şu tariqa, Abror Kozubayevga jazolarni qisman qöşiş yöli bilan 16 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Hukmning qolgan qismi özgarişsiz, apellyatsiya şikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
2024 yilning iyun oyida Abror Kozubayev voyaga yetmagan 11 yoşli qizni muntazam zörlab kelgani ma’lum bölgandi. 5 farzandning otasi bölgan uşbu şaxs qonuniy xotini böla turib, bloger niqobi ostida boşqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni öziga ikkinçi xotin qilib olgan. Şu bilan ham qoniqmay, ikkinçi xotinining voyaga yetmagan qizini ham muntazam zörlab kelgan.

















