Daniya hukumati neyrotarmoqlar yordamida yaratilgan dipfeyklar — soxta videolar, foto va inson ovozlariga qarşi kuraşning noodatiy usulini topdi. Hukumat mualliflik huquqi töğrisidagi qonunga özgartiriş kirişni va har bir insonga uning tanasi, ovozi, yuz tuzilişi ustidan mualliflik huquqini berişni tavsiya etmoqda.

The Guardian’ning yozişiça, qonunga tuzatişlar kiritiş borasidagi taklif yozgi tanaffusga qadar parlament muhokamasiga kiritiladi, kuzda esa tuzatişning özi taqdim etiladi.

Daniya madaniyat vaziri Yakob Engel-Şmittning ma’lum qilişiça, uşbu qadam orqali ular «har bir inson öz tanasi, ovozi va yuz tuzilişiga egalik qilişi böyiça aniq signalni yubormoqda». Engel-Şmittning sözlariga köra, u «odamlarni raqamli nusxalaş maşinasidan ötkaziş, söng buni turli maqsadlarda suiiste’mol qilişlariga» könişga tayyor emas. Qonunga kiritiladigan tuzatişlar ma’qullansa, daniyaliklarda onlayn platformalardan özlari bilan boğliq dipfeyklarni öçirişni talab qiliş huquqi paydo böladi.

Vazirning ta’kidlaşiça, uşbu tartib-qoidani buzgan onlayn platformalar «jiddiy jarima»ga tortiladi. Şuningdek, muallif roziligisiz san’at asarlarining «realistik raqamli nusxalarini»ni çop etiş va tarqatiş ham taqiqlanadi. Şu bilan birga, uşbu özgarişlar parodiya va satiraga taalluqli emas. Daniya hukumati bu kabi qonunlar Yevropaning boşqa mamlakatlarida ham paydo bölişiga umid qilyapti.