Germaniyadan Özbekistonga olib kelingan 3 ta sinov laboratoriya jihozining biri tag-tugi bilan yöqolib qoldi, deb yozadi ÖzA.
Qayd etilişiça, Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligining UzTest — «Özbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi Buxoro viloyati hududiy filialida 1,2 tonna va umumiy qiymati 150 million söm bölgan «Tormoznoy stend» sinov uskunasi hamda 250 million sömlik gazballonlarni ölçaş vositasi öğirlangan.
Şuningdek, UzTest’da 6 milliard söm mablağ maqsadsiz sarflanib yuborilgan.
«Agentlik rahbariyati bu ma’lumotga hozirgaça munosabat bildirgani yöq, UzTest mas’ullariga qanday çoralar körilayotgani haqida izoh berişni ham ortga surmoqda», - deyiladi xabarda.
UzTest «Özbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholaş tizimini yanada takomillaştiriş va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantiriş töğrisida»gi prezident qarori bilan taşkil etilgan. Markaz mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlaştirişni taşkil etiş, uni ötkazişda texnik reglamentlar, davlat va xalqaro standartlarni qöllaş bilan şuğullanadi.
Kun.uz avvalroq UzTest'ning Piskentdagi avtopoligonida navbati kelmagan avtomobilga sertifikat berilgani haqida yozgandi.

















