Toşkent şahar hokimligi Uçtepa tumanidagi Örikzor savdo majmuasida quriliş boşlanişi yoki qayta quriş işlari munosabati bilan yopilişi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

«Majmua hududidagi barça obektlar belgilangan iş tartibida (haftasiga 7 kun, dam oliş kunlarisiz) faoliyatini davom ettirmoqda», — deyiladi xabarda.

Şuningdek, poytaxt hokimligi bozorning tugatilişi, buzilişi, rekonstruksiya qilinişi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq Uçtepa tumanidagi «Stroy gorod» quriliş bozori yonğinga qarşi kamçiliklar va qonunbuzilişlar sabab sud qarori bilan vaqtinça yopilgandi. FVV tegişli kamçiliklar bartaraf etilgandan söng bozor faoliyatini davom ettirişini ma’lum qilgan.