Raqamli texnologiyalar vazirligi Toşkent şahridagi INHA universiteti uçun 2026 yil 1 iyunga kadar «kam budjetli superkompyuterlar» va yirik server sotib oladi. Bu haqda 2025-2026 yillarda Sun’iy intellekt texnologiyalari sohasidagi loyihalarni amalga oşirişga doir hukumat qarorida söz boradi.

Hukumat qaroriga köra, INHA universitetiga quyidagi qurilmalar xarid qilinadi:

  • Sun’iy intellekt texnologiyalarini amalga oşiriş böyiça parallel hisoblaş, maşinaviy öqitiş va boşqa loyihalar uçun zarur bölgan grafik işlov beriş bloklarini (GPU) öz içiga olgan yuqori samarali hisoblaş klasteri;
  • katta ma’lumotlar bazasi server qurilmalari.

Hukumat qarorida yozilgan uşbu qurilma HPC klasterdir.

High Performance Computing Cluster – (yuqori samarali hisoblaş klasteri) bu superkompyuter emas, lekin u superkompyuterga öxşaş vazifalarni bajarişi mumkin bölgan tarmoqlangan kompyuterlar tizimidir. U serverlarni boğlab, ularni birgalikda katta hisoblaş masalalarini hal qiliş uçun işlatadi. Amaliyotda bunday klasterlar köpinça «kam budjetli superkompyuterlar» deb ham ataladi.

Qarorga köra, uşbu server qurilmalarini xarid qiliş Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratilgan mablağlar hisobidan moliyalaştiriladi. Kun.uz manbalariga köra, Toşkentga olib kelinadigan qurilma «şu yil oxirigaça, balki kuz oylarida olib kelinişi va taqdimot qilinişi kutilmoqda».

Hukumat qarorida uşbu qurilmalarni sotib oliş uçun qança mablağ ajratilayotgani, qaysi davlat yoki kompaniyadan olinişi körsatilmagan. Oçiq ma’lumotlarga köra, moslaşuvçan, bosqiçma-bosqiç kengaytiriş mumkin bölgan HPC klasterlar narxi 20 ming dollardan 2 million dollargaça yetişi mumkin.

9 iyul kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Markaziy Osiyoda eng kuçli deyilayotgan superkompyuterni işga tuşirdi. Uning unumdorligi 2 EFlops bölib, bu dunyodagi eng kuçli superkompyuterlar darajasida. Şuningdek, qurilma NVIDIA H200 grafik çiplariga asoslangan hamda maxsus integratsiyalaşgan.