Taniqli skaydayver Italiya şarqidagi Marke viloyati hududidagi Porto-Sant-Elpidio şaharçasi hududida parvoz qilayotgandi va u yerdagi mehmonxonalardan birining hovuzi yaqiniga qulagan.

Qutqaruvçilarning sözlariga köra, erkak voqea joyida vafot etgan. Hodisa oqibatida mehmonxona xodimlaridan biri jabrlangan – u paraplandan uçib ketgan qoldiqlar tufayli böynidan yaralangan. Ayolga birinçi tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga yetkazilgan.

Mahalliy naşrlarga köra, 56 yoşli Baumgartner parvoz davomida özini yomon his qila boşlagan va huşini yöqotgan. Unga aynan nima bölgani hozirça xabar qilinmayapti.

Feliks Baumgartner skaydayver va beysjamper sifatida 1500 dan ortiq sakraşni amalga oşirgan. Ikkala sport ham ekstremaldir. Skaydayvingning mohiyati şundaki, sportçi öz paraşyutini imkon qadar yerga yaqinroq oçadi va şu bilan erkin yiqiliş pallasini uzaytiradi. Beysjampingda past balandlikdan sakraş uçun möljallangan maxsus paraşyutdan foydalaniladi.

U beş kun oldin ijtimoiy tarmoqda Italiyada paraplanda uçayotganida olingan suratini joylab, öquvçilariga şunday savol bilan murojaat qilgandi: «Bu yil qayerda dam olmoqçisiz?»

Quyida Qörquv bilmas Feliks laqabini olgan paraşyutçining sönggi 20 yil davomida amalga oşirgan eng maşhur tryuklari keltiriladi.

Rio-de-Janeyroda Iso masih haykalidan sakraş

Baumgartnerning birinçi rekordlaridan biri — 1999 yilda Braziliyaning eng yirik şahri Rio-de-Janeyroning asosiy ramzi hisoblangan Xaloskor masih haykalidan paraşyutda sakraşida örnatilgandi.

U haykalning 30 metr balandlikdagi qölidan sakraşni amalga oşirgan – bu beysjamping tarixidagi eng past balandlikdir (bu ekstremal sport turi bilan şuğullanuvçi paraşyutçilar belgilangan obektlardan sakraşadi).

Sakraşdan söng Baumgartner haykalning yelkasiga gul qöyadi.

«Petronas minoralari»dan sakraş