Ozarboyjon Azerbaijan Airlines samolyoti halokati böyiça Rossiyaga qarşi xalqaro sudlarga murojaat qiliş uçun hujjatlarni tayyorlamoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi, deb yozdi Minval.
«Prezident AZAL samolyoti atrofidagi voqea bilan boğliq vaziyat kundek ravşan ekanini aytdi. Uning sözlariga köra, Ozarboyjon 7 oy davomida Rossiya tomonidan birorta ham aniq javob olmagan. Ozarboyjon boş prokurori Rossiya Tergov qömitasi rahbariga sörovlar yöllamoqda, biroq unga faqat «tergov davom etmoqda» degan javob kelmoqda», deyiladi xabarda.
Aliyevning ta’kidlaşiça, Rossiyaning pozitsiyasi samarasiz. Uning eslatişiça, 2014 yilda Donbassdagi Malayziya samolyoti halokati böyiça tergov 10 yildan ortiq davom etgan. Uning sözlariga köra, Ozarboyjon ham qança vaqt kerak bölsa, şunça kutişga tayyor.
AZAL aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uçgan Embraer E190 samolyoti 2024 yil 25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahrida halokatga uçradi. Samolyot Ukraina dronlarining Kavkaz hududlariga hujumi paytida Kaspiy dengizi orqali Qozoğistonga parvoz qilganidan keyin qulab tuşdi. Halokat oqibatida 38 kişi qurbon böldi, 29 kişi omon qoldi.
Ozarboyjon hukumati norasmiy ravişda samolyot Rossiyaning havo hujumidan mudofaa raketasi bilan urib tuşirilganini ta’kidlab kelmoqda. Rossiya tomoni tergov yakuniga yetmagani bois, xulosaga şoşilmaslik kerakligini aytmoqda. Tergov natijalari 2025 yil oxirigaça e’lon qilinişi qayd etilgan.
Azerbaijan Airlines samolyotining qulaşi va Rossiyaning sodir bölgan voqea uçun aybini tan olmasligi Moskva va Boku örtasida diplomatik janjal va sovuqlikka olib kelgan.

















