Rossiya Boş prokuraturasi Germaniyaning Söl partiyaga yaqin Rosa-Luxemburg-Stiftung Gesellsçafsanalyse und politische Bildung (Rosa Lyuksemburg jamğarmasi) nodavlat taşkiloti faoliyatini mamlakatda «nomaqbul» deb topdi. Bu haqda 21 iyul, duşanba kuni Rossiya idorasi saytida xabar berildi.
Prokuratura ma’lumotlariga köra, jamğarma «yoşlarda norozilik kayfiyatini şakllantiriş va radikallaştiriş, Rossiya davlat organlarini obrösizlantirişga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oşiradi». Şuningdek, u «çet el agentlari, Rossiya Federatsiyasida faoliyati nomaqbul deb tan olingan xorijiy va xalqaro NNT tomonidan çiqarilgan materiallar va xabarlarni tarqatadi».
DW naşriga bergan izohida fond vakili 2022 yil aprelidan beri Rossiyada faoliyat yuritmayotganini tuşuntirdi: u yerda xodimlar yöq. Şu bilan birga, jamğarma Rossiya fuqarolik jamiyatining xorijdagi vakillari bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.
«Roza Lyuksemburg jamğarmasining Rossiyadagi faoliyat uçun ruxsatnomasi 2022 yilning 8 aprelida bekor qilindi. Şundan söng biz öz ofisimizni yopdik va u yerda faoliyatimizni töxtatdik. Rossiyada Roza Lyuksemburg jamğarmasining endilikda birorta ham xodimi yöq. Biroq jamğarma xorijdagi Rossiya fuqarolik jamiyati vakillari bilan hamkorlik qiladi», — deya ma’lum qildi DW naşriga jamğarma.

















