Angren şahrida 14 yaşar qiz muntazam ravişda jinsiy zöravonlikka uçrab kelgan. Bu boradagi tergov 2,5 oydan beri davom etmoqda.

Internetda tarqalgan ma’lumotga köra, 2010 yilda tuğilgan qiz ba’zi sabablarga köra ota-ona nazoratisiz, buvisining qaramoğida qolgan va ruhiy holati bilan boğliq muammolari bor.

2024 yilda uni 4 nafar erkak muntazam zörlab kelgani, ulardan biri voyaga yetmagan ösmir, qolganlari 23-24 yoşda ekani aytilmoqda.

“Pedofillar oç qolgan qizga lavaş, somsa va boşqa yeguliklar bilan olib berib, uni aldab zörlab yurgan. Birovga miq etsa, öldirib, kömib taşlaş bilan pöpisalar qilib kelişgan”, – deyiladi tarmoqda tarqalgan, hozirça tasdiqlanmagan xabarda.

Norasmiy xabarda qiz oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgani, Angren bolalar şifoxonasida tegişli amaliyotni ötkaziş uçun yetarli mutaxassis bölmagani sabab, qizni Toşkentga yuboriş zarurligi bildirilgan va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilingan.

Kun.uz boğlangan bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilişiça, bu holat yuzasidan Angren şahar IIB 2025 yil 9 may kuni jinoyat işi qözğatgan, sud-tibbiyot ekspertizalari va boşqa tergov harakatlari ötkazilgan. Hozirda dastlabki tergov davom etmoqda.

“Bola manfaatlari nuqtayi nazaridan, bu haqda detallaşgan ma’lumot berilişi maqsadga muvofiq emas”, dedi bola huquqlari böyiça vakil.

Qayd etilişiça, ösmir qiz 12 iyul kuni ikki tomonlama bronxopnevmaniya, oqsil energetik yetişmovçiligi va anemiya taşxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan va hozirda davolaniş jarayonida.

Bolalar ombudsmani jinoyat iş yurituvi böyiça öz vakolati doirasida kuzatuv olib bormoqda. Uning protsessual huquqlari ta’minlanişi masalasi ham kuzatuvda. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ham bolaga zaruriy himoya çoralari va ijtimoiy kömak körsatmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

Holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berilişi ma’lum qilindi.

Avvalroq Toşkent şahrida 11 yoşli qizni muntazam zörlab kelgan pedofil 17 yilga qamalgandi.