Ozarboyjon Rossiyadan Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasi samolyotining Qozoğistondagi halokati böyiça javobgarlikni tan olişini kutmoqda, dedi Berliner Zeitung naşriga mamlakat prezidenti ma’muriyatining taşqi siyosat masalalari böyiça bölimi boşliği Hikmet Gajiyev.
Uning fikriça, Ozarboyjon va Rossiya örtasidagi munosabatlardagi keskinlik aynan AZAL samolyoti halokatidan keyin yuzaga kelgan.
«Hodisa Rossiya hududida, Rossiya havo hududida sodir böldi va biz bu qanday sodir bölganini bilamiz. Bu sir emas. Ozarboyjon qöşni davlat va hamkor davlat sifatida Rossiyadan mas’uliyatni öz zimmasiga olişini va bu masalada adolatni ta’minlaşini kutadi», dedi Hojiyev.
2024 yil 25 dekabr kuni Qozoğistonning Aqtau şahri aeroporti yaqinida AZAL samolyoti halokatga uçradi. 38 kişi, jumladan, yetti nafar rossiyalik halok böldi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev halokatdan söng samolyot Grozniy şahri yaqinida taşqi ta’sir tufayli şikastlanganini va bu boşqaruvni yöqotişga olib kelganini aytdi.
Kremlning tuşuntirişiça, samolyot Grozniy aeroportiga qönişga urinayotgan paytda hudud, jumladan, Mozdok va Vladikavkaz Ukraina dronlari hujumiga uçragan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aliyevga qönğiroq qilib, «samolyot bilan boğliq fojiali voqea Rossiya havo hududida sodir bölgani» uçun uzr söradi.
Ozarboyjon tomoni samolyot halokati munosabati bilan Rossiyaga qarşi xalqaro sudlarga da’vo kiritiş uçun hujjatlarni tayyorlamoqda. Boku Rossiya tomonining aybini tan olişini, şuningdek, jabrlanganlarning oilalariga tovon puli tölanişini va AZAL samolyoti uçun yetkazilgan zararni qoplaşni talab qilmoqda.

















