Putin uçun yangi dedlayn, ChatGPT rahbarining xavotirlari va Nyu-York markazida otişma – kun dayjesti
|18:40 / 29.07.20256 46210 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp Ğazoda oziq-ovqat markazlari taşkil qilinişini aytdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp duşanba kuni Ğazoda köplab odamlar oçlikdan aziyat çekayotganini aytib, Isroil insonparvarlik yordami masalasida köproq iş qilişi mumkinligini bildirdi.
Ğazoda oçlik haqiqat ekanini ta’kidlagan Tramp bu borada Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu bilan qarama-qarşi pozitsiyani egalladi. Netanyahu yakşanba kuni «Ğazoda oçlik yöq» deb bayonot bergan va HAMASga qarşi kuraşni davom ettirişga va’da bergandi. Tramp esa Şotlandiyaga taşrifi çoğida şunday dedi:
«Isroil yordam oqimlari uçun katta mas’uliyatga ega. Juda köp odamlarni qutqariş mumkin. Juda köp odam oçlikda qolmoqda».
U çegaralarsiz oziq-ovqat markazlari taşkil etilişini va bu orqali insonparvarlik yordami — oziq-ovqat va sanitariya vositalarini yetkazişda boşqa davlatlar bilan hamkorlik qilinişini aytdi. Oq uy vakili esa bu oziq-ovqat markazlari böyiça «tez orada qöşimça tafsilotlar e’lon qilinişini» bildirdi.
Tramp, şuningdek, HAMAS bilan oxirgi kunlarda muloqot qiliş qiyinlaşganini, ammo Netanyahu bilan garovdagilarni ozod etiş böyiça «turli rejalar»ni muhokama qilayotganini aytdi.
Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi sönggi 24 soat içida oçlik va yomon ovqatlaniş sababli kamida 14 kişi vafot etganini ma’lum qildi. Şu bilan uruş davridagi faqat oçlikdan ölganlar soni 147 nafarga yetdi, ulardan 88 nafari bolalar bölib, ularning aksariyati sönggi haftalarda halok bölgan.
Ikki nafar Isroil mudofaa rasmiysi bildirişiça, xalqaro bosim va vaziyatning yomonlaşuvi ularni yangi çoralar körişga majbur qilgan.
Nyu-York markazida otişma: 4 kişi halok böldi
Nyu-York şahri rasmiylari ma’lum qilişiça, avtomatik qurol bilan qurollangan şaxs duşanba kuni Manxattan markazidagi osmonöpar binoda tört kişini otib öldirgan va keyin öz joniga qasd qilgan.
Otişma osmonöpar binoning vestibyul qismida, iş kunining eng tiğiz — keçki soatlarida boşlangan. Keyin, gumonlanuvçi lift orqali 33-qavatga – boşqaruv kompaniyasi joylaşgan ofisga kötarilib, yana öt oçgan. Komissar Tişning ma’lumotiga köra, u oxir-oqibat kökragiga öq uzib, joniga qasd qilgan.
Mavzuga oid
Uşbu binoda Blackstone, KPMG kabi yirik moliyaviy kompaniyalar va Milliy Futbol Ligasi (NFL) ştab-kvartirasi joylaşgan.
Halok bölgan tört kişi orasida 36 yoşli Nyu-York politsiya xodimi Didarul Islom ham bor. U AQŞga Bangladeşdan muhojir sifatida kelgan. Şaharning meri Erik Adams uni «haqiqiy fidoyi qahramon» deb ta’rifladi.
Politsiya ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçi tomonidan öldirilgan boşqa uç jabrlanuvçi – ikki erkak va bir ayol bölib, ularning şaxsi hozirça oçiqlanmagan. Yana bir erkak oğir yaralangan holda kasalxonada.
Nyu-York politsiyasiga köra, otişmani amalga oşirgan şaxs Las-Vegasdan bölgan 27 yoşli Şeyn Tamura bölgan. Uning ruhiy salomatligida muammolari bölgani hujjatlar bilan qayd etilgan. Tamura yolğiz harakat qilgan va hozirça hodisa sabablari aniqlanmagan.
Tailand va Kambodja öt oçişni töxtatişga kelişib oldi
28 iyul kuni Tailand va Kambodja rahbarlari Malayziyada, boş vazir Anvar Ibrohim mezbonligida — uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda tomonlar harbiy harakatlarni töxtatiş va bevosita muloqotni tiklaşga kelişib oldi.
Kambodja va Tailand yetakçilari sönggi ön yillikdagi yirik qonli töqnaşuvni yakunlaş maqsadida, yarim tun (soat 00:00) dan boşlab kuçga kiradigan öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişdi.
«Bugun yarim tungi soatdan boşlab kuçga kiradigan, zudlik bilan va heç qanday şarsiz öt oçişni töxtatiş e’lon qilinadi. Bu — yakuniy qaror», dedi Malayziya boş vaziri Anvar Ibrohim Tailand va Kambodja yetakçilari bilan birga ötkazilgan matbuot anjumanida.
«Bu muzokaralar insonlar halok bölişiga, jarohatlar va köplab odamlarning köçirilişiga sabab bölgan uruşni darhol töxtatadi degan umiddamiz», degan Kambodja boş vaziri Xun Manet. U, şuningdek, Prezident Tramp va Xitoyga jarayondagi yordami uçun minnatdorlik bildirdi.
Tailand muvaqqat Boş vaziri Phumtam Veçayaçay, muzokaralar arafasida Kambodjaning samimiyligiga şubha bildirgandi. Lekin, u keyinroq «Tailand sulhga rozi böldi va bu sulh har ikki taraf tomonidan yaxşi niyat bilan muvaffaqiyatli amalga oşirilişi»ni ta’kidladi.
Janubi-Şarqiy Osiyodagi qöşni davlatlar örtasida boşlangan mojaro — oğir artilleriya zarbalari va Tailand havo hujumlari bilan 817 kilometrlik quruqlikdagi çegara böylab bir neça kun davom etdi. Qurbonlar soni 30 kişidan oşdi, şulardan 20 nafardan ortiği tinç aholi ekani aytilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 200 000 dan ortiq odam çegara hududlaridan evakuatsiya qilingan.
Xitoy tuğilişni rağbatlantirmoqçi
Xitoy oilalarga uç yoşgaça bölgan har bir bola uçun yiliga taxminan 500 dollar miqdorida pul tölaydi. «Sinxua» agentligi xabar berişiça, bu Xitoyda bolalar uçun beriladigan birinçi umummilliy nafaqa bölib, uning joriy etilişi «oilalarni qöllab-quvvatlaş va bolalar tuğilişini rağbatlantirişga» qaratilgan. Bunday nafaqani har yili 20 millionga yaqin oila olişi kutilmoqda.
Xitoy hukumati tuğilişni rağbatlantirişga birinçi marta urinmayapti. Mamlakatda 1970 yillarda tuğilişni kamaytiriş maqsadida joriy etilgan «bir oila — bir bola» siyosati 2015 yilgaça davom etdi. Şundan söng Xitoy hukumati, aksinça, tuğilişni rağbatlantirişni boşladi.
An’anaviy moddiy rağbatlantirişdan taşqari, Xitoy hukumati mafkuraviy kampaniyalarni ham qöllamoqda: «uylaniş va farzand körişga ijobiy qaraşga» bağişlangan partiya yiğilişlarini ötkazmoqda. Şuningdek, yolğiz odamlarni turmuş qurişga, oilalarni esa köproq farzand körişga çaqirmoqda. Şunga qaramay, 2024 yil yakunlariga köra, Xitoyda tuğilgan bolalar soni ketma-ket uçinçi yil kamayib bormoqda.
Ma’lumot uçun, milliy va xalqaro manbalarga köra, bugungi kunda Xitoy aholisi soni 1,4 milliard kişidan oşadi. Xitoy aholisi ilk marta 1980 yillarda milliarddan oşgan edi. Xitoyliklar 2023 yilda Hindistonga birinçilikni boy berib, aholi soni böyiça ikkinçi öringa tuşdi.
ChatGPT bilan muloqotlar hukumatga topşirilişi mumkin
Tobora köproq odamlar psixologik yordam uçun ChatGPT bilan muloqot qilmoqda, ammo bunday suhbatlar haqiqiy terapevtlar bilan muloqotda amal qiladigan huquqiy himoyaga ega emas, dedi OpenAI rahbari Sem Altman.
«Agar siz ChatGPT bilan eng nozik muammolaringiz haqida gaplaşsangiz, keyin qandaydir sud jarayoni boşlansa, bizni bu ma’lumotlarni taqdim etişga majbur qilişlari mumkin va men buni juda notöğri deb hisoblayman», dedi u.
OpenAI rahbarining ta’kidlaşiça, şifokorlar, huquqşunoslar va psixoterapevtlar bilan suhbatlar professional sir saqlanadi, ammo sun’iy intellekt uçun bunday qoidalar hali mavjud emas. U sun’iy intellekt bilan suhbatlar uçun ham xuddi şunday maxfiylik konsepsiyasini zudlik bilan yaratiş kerakligini aytdi.
Altmanning ta’kidlaşiça, ayniqsa yoşlar ChatGPT platformasidan terapevt, hayot murabbiyi yoki munosabatlar böyiça maslahatçi sifatida tobora köproq foydalanmoqda. WhatsApp kabi şifrlangan messenjerlardan farqli ölaroq, OpenAI foydalanuvçilarning ChatGPT bilan yozişmalarini öqiy oladi - kompaniya xodimlari bu ma’lumotlardan modelni takomillaştiriş va suiiste’mollikni aniqlaş uçun foydalanadi.
Tramp Putinga yangi dedlayn belgiladi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinga Ukrainada öt oçişni töxtatiş uçun bergan 50 kunlik muddatini qisqartirayotganini aytdi.
«Prezident Putindan juda hafsalam pir böldi. Men unga bergan 50 kunimni kamroq muddatga qisqartirmoqçiman, çunki nima bölişini allaqaçon bilaman, deb öylayman», – dedi Tramp Britaniyaga taşrifi çoğida. U aynan nimani bilişini aytayotganini oçiqlamagan.
AQŞ prezidenti Putin bilan bir neça bor telefon orqali gaplaşgani, biroq bu suhbatlardan keyinoq RF qöşinlari Ukraina şaharlarini öqqa tutişda va «köplab odamlarni öldiriş»da davom etganini ta’kidladi. «Biz buni hal qilişimiz kerak böladi», – dedi Tramp.
Bu bayonotidan taxminan bir soat ötganida Tramp yangi ultimatum muddatiga oydinlik kiritdi. «Bugundan hisoblanganda 10 yoki 12 kun muddatga yangi dedlayn belgilamoqçiman», – degan u.
Moskva birjasi indeksi AQŞ prezidentining bayonotlaridan keyin pastga quladi. Rossiyada uruşni yakunlaş uçun 50 kun borligi haqida Tramp 14 iyul kuni e’lon qilgandi – şu bilan bir vaqtda u Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berişni boşladi.
Tramp — öt oçişni töxtatişdan boş tortadigan taqdirda Rossiyadan energetika resurslarini xarid qiladigan barça mamlakatlarga AQŞ bilan savdoda 100 foizlik bojlar joriy etilişini aytgan. Bunday çeklovlar ta’siriga tuşişi mumkin bölgan mamlakatlar qatorida Xitoy va Hindiston ham bor.
Rossiya Trampning gaplarini jiddiy qabul qilişini aytgan, lekin hozirça ular bajarilmayapti.