Rossiya yoz oxirigaça benzin eksportiga qöyilgan taqiqni kengaytirdi: endi nafaqat savdogarlar va neft bazalari, balki bevosita neft mahsulotlarini işlab çiqaruvçilar ham 31 avgustgaça xorijga benzin sota olmaydi.
Bu haqdagi qarorni 28 iyul kuni boş vazir Mixail Mişustin imzolagan. Qaror mamlakatdagi mavsumiy yuqori talab va qişloq xöjaligidagi dala işlari davrida içki bozorda yoqilği barqarorligini ta’minlaş maqsadi bilan izohlandi.
Özbekiston Energetika vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu taqiq “Özbekistonga ta’sir qilmaydi”.
“Vaqtinçalik taqiq xalqaro hukumatlararo şartnomalar doirasida tuzilgan bitimlarga taalluqli emasligi belgilangan. Özbekiston va Rossiya örtasida hukumatlararo kelişuv mavjud, şuning uçun bu taqiq Özbekistonning importiga ta’sir qilmaydi”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Rossiyada benzin eksportiga taqiq içki bozorda yoqilği narxlari keskin oşgani fonida röy bermoqda. 24 iyul kuni Sankt-Peterburg birjasida AI-95 benzini narxi tonnasiga 76,3 ming rubldan ham oşib, 2023 yil sentabr oyidagi tarixiy maksimum (76,9 ming rubl)ni zabt etişga yaqinlaşdi.
Eslatib ötamiz, Rossiyada benzin eksportiga taqiq – Ukraina bilan uruşda bir qator neftni qayta işlaş zavodlari hujumga uçraşi ortidan, 2024 yil fevral oyida kiritilgan. Bunda, YeOII mamlakatlari, Özbekiston va Möğulistonga xalqaro şartnomalar böyiça yetkazib beriş istisno etib belgilangan.
Dastlab, taqiq 2024 yil 1 martdan 31 avgustgaça amal qilişi közda tutilgandi, lekin dronlar hujumiga uçragan NQZlar yana töliq quvvatda işlay boşlagaç, içki bozordagi töyiniş ortidan may oyiga kelib taqiq yeçilgan edi.
Avgust oyiga borib, RF hukumati benzin eksportiga taqiqni tikladi va çeklov 2025 yil 28 fevralgaça amal qilişi belgilandi. Keyinçalik bu muddat 2025 yil 31 avgustgaça uzaytirildi.
Şu paytga qadar taqiq treyderlar va neft bazalari kabilarga taalluqli edi. Yangi qaror bilan taqiq doirasi kengaytirilib, 31 avgustga qadar neft mahsulotlari işlab çiqaruvçilar ham bu çeklovga amal qilişi kerakligi belgilandi.
Avvalroq, Kun.uz Özbekistonda sentabr oyidan boşlab AI-80 işlab çiqarilişi butkul töxtatilişi haqida

















