AI-80 narxi, undan voz keçiş va prisadkali AI-92 - Raqobat qömitasi izohlari
|03:24 / 03.08.202516 10412 min
AI-80 benziniga birjadagi spred talabi bekor qilingaç, narx 1,5 oyda 16 foizga oşib ketdi. Yoqilğining bu turidan voz keçiş prisadkali 92 ga ötiş bilan amalga oşirilişi ehtimoli sifat borasida savollar uyğotmoqda. Bu borada Raqobat qömitasi qanday pozitsiyada? Kun.uz studiyasida qömita boşqarma boşliği Uluğbek Davletov va iqtisodçi Otabek Bakirov iştirokida qizğin suhbat bölib ötdi.
Kun.uz studiyasida Raqobat qömitasi vakillari hamda iqtisodçi Otabek Bakirov iştirokida iste’molçi huquqlariga doir muhim masalalar jonli efirda muhokama qilindi. Mavzulardan biri – AI-80 benzini narxi böldi.
Ötgan yili noyabrda Raqobat qömitasi tomonidan birjada AI-80 benziniga boşlanğiç narxdan 5 foizlik spred kiritilgan edi. Bu çeklov 10 iyundan boşlab bekor qilingaç, birja savdolarida bu mahsulot narxi keskin oşa boşladi. Xususan, 31 iyul kungi savdolarda örtaça narx 10 mln 937 ming sömgaça çiqdi. Bu – spred amal qilgan sönggi kun 9 iyundagi örtaça narx (9 mln 459 ming söm)dan 15,6 foizga yuqori.
“Spred amal qilgan vaqtda yaşirin iqtisodiyot kuçaygan”
Raqobat qömitasi boşqarma boşliği Uluğbek Davletov bu qimmatlaşişga izoh berarkan, birjadagi oşişga qaramay, çakana narxlarda özgariş bölmayotganini aytdi. Spredning olib taşlanişini esa u yaşirin iqtisodiyotni keltirib çiqarayotgani bilan izohladi.
“Birjada 15 foizga oşgani bilan, çakana narx özgarmayapti. Spred narxni olib taşlaşimizning asosiy sababi, 80 benzinga mavsumiy tebraniş bor. Qiş kelib, metan zapravkalarda taqçillik boşlanib, yopilişidan keyin 80 ga talab oşadi. Hamma 80 ga ötib ketganidan keyin 80 ning narxi ham oşişni boşlar edi. Şu talabni qondiriş uçun qöşimça imkoniyatlardan foydalanib, qöşimça hajmlarni birjaga qöydirar edik. Yoz kelişi bilan, qişda işlatib qöygan hajmlarimizni, ba’zi bir joylardagi imkoniyatlarimizni joyiga qöyamiz. Dinamikani kuzatgan bölsangiz, har yili qişda narx tebranişi paydo böladi, yozga kelgan payt 80 narxi özgarişsiz turadi.
Bundan oldin ham har yili spred qöyib kelganmiz. Aprel, mayga kelganda spredni olib taşlar edik. Heç qanaqa [çakana] narxga ta’siri bölmas edi. Bu yil iyun oyida olib taşlagan bölsak, hozirgaça birjada 15 foizgaça narx ösişi bölyapti, lekin çakana narxda ösiş kuzatilmayapti.
Mavzuga oid
Buning asosiy sababi bitta. Xabaringiz bormi-yöqmi, zapravkalarda özining xarajati bor, şu sabab agar 80 benzinning narxi haddan taşqari oşib ketsa, uni sotolmay qoladi. Biz 5 foiz spred qöygan paytimiz, yaşiradigan ma’lumot emas, har xil yaşirin iqtisodiyot kuçayib ketdi. Masalan, brokerlar yoki boşqa, birjadagi öyinlar köp muhokama böldi. Öşa zapravkaçining qiladigan xarajati köçaga ketib qoldi. Qöpol qilib aytganda, har bitta lotiga 100-200 dollar beradigan joyi bor edi. Öşaning hisobidan, masalan, birjada narx 9 mln söm bölgan taqdirda, benzinning koeffitsiyenti 1,3 ekanidan kelib çiqsak, çakana narxi 6500, 7000 sömgaça çiqardi. Köçada beradigan pulining hisobiga u narx 8000-8500 sömga borardi. Hozir esa spredni olib taşlaganimizdan keyin oçiq savdo bölyapti, naqd beradigan joylari bu tomonga ötib qoldi. Bu bilan şaffof mexanizmni ta’minladik”, – dedi u.
Iqtisodçi Otabek Bakirov Davletovning spred narxlar olib taşlangani ortidan çakana narxlar oşmayotgani va yaşirin iqtisodiyotga barham berilgani haqidagi gaplariga qöşilmaydi.
Uning fikriça, spred narxlarning olib taşlangani bozorda “monopolistning marjasini oşirib bergan”.
“Çakana narxlar oşmayapti degan fikringizga men qöşilmayman, çakana narxlar oşyapti, ha, sekinroq darajada oşyapti. AYoQŞlarda eski narxlarda olingan zaxiralar mavjudligining ta’siri hali saqlanib turibdi, buni ham inobatga oliş kerak.
Va men hozir sizning çiqişingizda qanaqadir vaj köryapman. “Biz şu status-kvoni saqlaşimiz kerak, spred yoki qanaqadir ma’muriy ta’sir çoralarni qöllamasligimiz kerak” degan ohang sezilyapti. Vaholanki, körib turibsiz, spredni bekor qilganinglar bilan taklif oşib qolayotgani yöq. Göyoki sovet ittifoqida Özbekiston SSR Kommunistik partiyasi birinçi sekretari imzolagan protokol singari, bozorga har kuni bir xio – 1 650 tonna hajm çiqadi. Roppa-rosa 1650 tonna. 20 tonnadan oşib ham qolgani yöq, 50 tonnadan kamayib ham qolgani yöq. Bu nimadan dalolat beradi?
Hozir siz iste’molçilar haqini himoya qiliş örniga, oxir-oqibatda korrupsion çöntaklarga tuşayotgan daromadlarni oqlab beryapsiz”, – dedi Bakirov.
Iqtisodçi AI-80 bilan boğliq vaziyat muqobil yoqilğilar: metan va propan tanqisligi yuz bermayotgan vaqtda röy berayotganini taşviş bilan qayd etdi. U bunday holatda Raqobat qömitasi ma’muriy çoralar körişi kerakligini aytmoqda.
“Özbekistonda iste’molçi – huquqsiz, tanlovsiz bir toifa. Hozirdan agar şunday bölayotgan bölsa, oktyabrda nima böladi degan taşviş bor. Şunça yillardan beri yoqilği bozorida raqobat paydo bölgani yöq. Importçilar, import kanallariga nisbatan juda ulkan ma’muriy tösiqlar bor. Öşa monopolist va oligarxiya bozorni nazorat qilyapti. Sizlar qöllayotgan çoralar bozor yaratiş böyiça iş bermayaptimi, demak, ma’muriy çoralarga ötiş kerak. Antimonopol çoralar işlaşi kerak.
Özingiz ham juda yaxşi bilasizki, ulgurji narxlardagi ösiş albatta çakana narxlarga töğridan-töğri ta’sir körsatadi”, – dedi u.
Uluğbek Davletovga köra, Raqobat qömitasi AI-80 benzinining AYoQŞlardagi narxi oşgan taqdirda, spredni qaytarişi mumkin. Ammo mutasaddi bu borada ildiz muammolarga e’tibor qaratiş kerakligiga işora qildi.
“Asosiy muammo – hajm yetişmayotgani, demak, hajmni oşiriş masalasini körib çiqişimiz kerak. Yagona yeçim bu spred emas”, – dedi u.
Davletovning aytişiça, ma’muriy çoralar körilişi borasida hukumat, Energetika vazirligiga takliflar kiritilgan, javob kutilyapti. Agar voqealar rivoji qömita istaganidek keçmasa, yana spred qöllaşga majbur bölinadi.
“Bozorni [qança benzin] hajmi bilan ta’minlaş qömitaning vakolatidagi masala emas. Uning tegişli vazirliklari bor. Qömita raqobat muhitini ta’minlab berişga mas’ul”, – dedi rasmiy.
Bakirov bunga javoban neft bozorida ança yillardan beri raqobat ta’minlanmayotgani, buni AI-92 benzini misolida ham köriş mumkinligiga töxtaldi.
“Nima sababdan 92 aynan Özbekiston darajasidagi davlatlardan köra qimmat? Oddiy savol, mana. Böpti, xöp, 80 işlab çiqarilmas ekan, biror bir davlatda, dunyo böyiça 80 işlatadigan Afğoniston bilan Özbekiston qolibdi. Energetiklarimiz şunçalik tub darajaga olib kelib qöyibdi. Lekin nega 92, 95 qöşni davlatlardan köra qimmat? Nima sababdan deyarli AQŞdagi narx bilan bab-baravar?
Uzoqqa bormayman, Qirğizistonni misol keltiraman. Nima sababdan Qirğizistonda 92, 95 benzin Özbekistondagidan 10-12 foizga arzon? Ular ham töliq importga boğliq. Bizdan farqli, ravişda ulardagi narxlar har kuni e’lon qilib boriladi. Iste’molçilar tarafida bölmagan çinovniklardan farqlari şundaki, ular narxlarni hududlar, regionlar qirqimida har kuni e’lon qiladi. Buni körib turişingiz mumkin, Statkom.kğning kundalik baholari degan bölimida turibdi”, – dedi Bakirov.
Uluğbek Davletov spredlar narxlar hozirgi vaziyatda baribir yagona yeçim bölib turganini qayd etdi.
“Agar ertaga narx oşib ketadigan bölsa, spredni qaytariş – yagona yeçim. Lekin hammaning xabari bor, strategiyamizda ham inobatga olib ketilgan, davlatimiz rahbari tomonidan berilgan vazifalarda bosqiçma-bosqiç 80 dan voz keçiladi. 80 dan voz keçib, 92 ga ötib, aniq topşiriq berilgan. 92 ning narxini ham maqbullaştiriş vazifasi berilgan. Hozir, masalan, 80 dan 92 ga ötgandan keyin ham şu narxlar saqlab qolinadi degan masala bölmasligi kerak” , – dedi u.
“Masalaning sifat tarafi ham bor, sonini qöya turaylik” – Otabek Bakirov
Avvalroq Kun.uz yozganidek, “Özbekneftgaz” AI-80 benzinini işlab çiqarişni şu yil sentabrdan töxtatişni reja qilgan. Yil oxirigaça omborlardagi zaxiralar ham tugaşi bilan, Özbekiston AI-80 benzinidan voz keçadi.
Kun.uz ixtiyoridagi hujjatga köra, Buxoro neftni qayta işlaş zavodida AI-80ni töxtatişdan oldin Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda AI-92 benzinini köpaytiriş va tannarxni tuşiriş uçun prisadkali işlab çiqariş yölga qöyilgan.
Otabek Bakirov prisadkali AI-92ning sifatini savol ostiga oldi.
“Masalaning ikkinçi tarafi, qanaqa 92 ni taklif qilişmoqçi? Xuddi öşa 80, lekin prisadkali 92 ni taklif qilişmoqçi bölyapti-ku. Masalaning hajmdan taşqari, sifat tarafi ham bor”, – dedi u.
Uluğbek Davletovga köra, bitta prisadka qöşgan bilan sifat yaxşi bölib qolmaydi. Bu borada xorij kompaniyalari bilan modernizatsiya işlari olib borilyapti.
“Yaqinda muhokamasi böldi, işçi guruh taşkil qilingan. Öşa hamma vazirlik, idoralar: Energetika vazirligi, Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi [qatnaşgan]. Bu siz aytgandek, bugungi kunda 80 ni şunday olib, prisadka qöşib 92 qiliş – Yevro-3 dan Yevro-4 ga ötiş bilan barobar bölib qolmaydi. Oktani oşgan bilan ham sifat Yevro-3 ligiça qolib ketaveradi.
Benzinning asosiy hajmi bizda Buxoro neftni qayta işlaş zavodidan çiqadi. Mahalliy benzinning asosiy işlab çiqaruvçisi – Buxoro neftni qayta işlaş zavodi. Işçi guruh uçraşuvida Energetika vazirligi bergan ma’lumotga qaraganda, hozir Fransiyaning, Koreyaning kompaniyalari bilan birgalikda modernizatsiya işlarini qilişyapti: 92 ni prisadka bilan emas, öşa tölaqonli Yevro-3 dan Yevro-4, Yevro-5 ga ötiş masalasi böyiça modernizatsiya işlarini boşlaşgan”, – dedi rasmiy.
“Bular şu masalani qöyişgandi. Biz iste’molçilar huquqi nuqtayi nazaridan berilgan öşa loyihalarga e’tiroz bildirganimiz uçun, hozir tölaqonli Yevro-4 dan Yevro-5 ga, ya’ni tölaqonli 92 ga ötiş masalasi körib çiqilyapti. Bunda, 92 benzin işlab çiqarişda öşa 80 benzinni işlab çiqarişda foydalanib kelingan xomayoşdan ham foydalaniş orqali tannarxni pasaytiriş masalasi ham körib çiqilyapti.
Töğri, ertaga yaxşi bölib ketadi, narx tuşib ketadi degan va’dani heç kim bera olmaydi. Maksimum hozir harakat qilinyapti, öşa 80 dan 92 ga ötişga, öşa narxlarni birdaniga oşiş emas, 92 ni narxini tuşiriş orqali ötiş masalasi körib çiqilyapti”, – dedi mutasaddi.
Raqobat qömitasi boşqarma boşliği energetika sohasi vakillariga tayanib aytişiça, Saneg tomonidan xususiylaştirilgan Farğona NQIZda modernizatsiya işlari 90 foizga bajarib bölingan.
Suhbat davomida iste’molçi huquqlariga oid boşqa qator mavzular ham muhokama qilindi. Töliq suhbatni şu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.