Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi Özbekistonda elektr stansiyasi, şamol energetikasi, şifoxona, aeroport va boşqa loyihalar doirasida jami 1 mlrd dollar investitsiya kiritişni rejalaştiryapti. Bu haqda kompaniya prezidenti Kosuke Uemura “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Sirdaryo-2 elektr stansiyasi uçun taxminan 40 mln dollar, şamol energetikasi loyihasi uçun 180 mln dollar, Samarqanddagi köp tarmoqli xalqaro şifoxona loyihasi uçun 75 mln dollar, aeroport uçun 200 mln dollar sarmoya kiritiş rejalaştirilgan. Barça loyihalarning umumiy qiymati 5 mlrd dollar. Korporatsiyamiz tomonidan kiritilişi rejalaştirilgan umumiy investitsiya hajmi 1 mlrd dollarga yetişi kutilmoqda», - degan Uemura.

Avvalroq, Toşkent şahridan janubda Samarqand bilan boğlovçi amaldagi avtomobil yöli va yaqin kelajakda quriladigan pulli trassaga yaqin joyda yangi aeroport quriş rejalaştirilayotgani xabar qilingandi.