Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni mamlakatimizda amaliy taşrif bilan bölib turgan AQŞ prezidentining global şerikliklar böyiça maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Turli darajalarda samarali aloqalar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş borasida samarali hamkorlik yölga qöyilgan.

AQŞ an’anaviy ravişda Özbekistonning muhim iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 2024 yilda tovar ayirboşlaş hajmi 15 foizga köpaydi. Loyihalar portfeli 11 milliard dollardan oşgan.
Joriy yil iyun oyida ötkazilgan Toşkent investitsiya forumida AQŞning 100 dan ortiq yetakçi kompaniyalari iştirok etdi.
Mineral resurslar, aviatsiya, elektrotexnika, qişloq xöjaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovatsiyalar, ta’lim va boşqa ustuvor yönalişlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş uçun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
«S5+1» formati doirasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş muhim ekani ta’kidlandi.
Bölajak muloqotlar va qöşma tadbirlar rejasi ham körib çiqildi.

















