Kun.uz manbalariga köra, fojia 29 avgust kuni erta tongda sodir bölgan. Içki işlar vazirligi huzuridagi Qöriqlaş departamenti xodimi M.O. öşa tunda navbatçilikda bölgan. Manbaga köra, xodim ertalab «uyga borib kelişini aytib ketgan va öz uyida xizmat quroli bilan özini otgan». Hodisa sabablari ma’lum emas.
Kun.uz voqea yuzasidan rasmiy munosabat sörab Içki işlar vazirligi Qöriqlaş departamenti matbuot kotibi Sardor Töyboyev bilan boğlandi.
«Keça haqiqatan ham xodimimiz özini otgan. Holat xodimning uyida bölgan, u öziga biriktirilgan tabel quroli bilan özini otgan. Aslida xizmat quroli navbatçilikdan söng batalonga olib borib topşirilişi kerak edi. Lekin xodim boşqaça yöl tutgan. Ayni vaqtda marhum xodimga nisbatan sudga oid ekspertiza tayinlangan», deya Kun.uz'ga izoh berdi Qöriqlaş departamenti matbuot kotibi.
Uning qöşimça qilişiça, xodim 37 yoşda bölgan. Hodisa sabablari va işga doir boşqa tafsilotlar prokuratura organlari tomonidan örganilmoqda.

















