
Hamas 3 sentabr kuni yana bir bor G‘azo bo‘yicha keng qamrovli kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi. Reutersʼga ko‘ra, barcha isroillik garovdagilar ozod qilinadi, buning evaziga kelishilgan miqdorda falastinlik mahbuslar qo‘yib yuboriladi.
Guruhning bu bayonoti AQSh prezidenti Donald Tramp Hamasni 20 nafar garovdagilarni ozod qilishga chaqirganidan ko‘p o‘tmay bildirildi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning ofisi Hamas bayonotini tanqid qildi.
«Afsuski, bu yana Hamasning hech qanday yangilik olib kelmagan navbatdagi chalg‘ituvchi yurishidir», deyiladi bayonotda.
Netanyahu ofisi shuningdek, urush tugashining yangi shartlarini aytdi. Ularga ko‘ra, qachonki — G‘azoda barcha garovdagilar ozod etilganda, Hamas qurolsizlantirilganda, sektor demilitarizatsiya qilinganda, Isroil hududda xavfsizlik nazoratini o‘rnatganda va muqobil fuqarolik boshqaruvi tashkil etilganda urush tugaydi.
Al-Jazeeraʼning yozishicha, Hamas G‘azoni boshqarish uchun mustaqil milliy ma’muriyat tuzilishiga rozi ekanini va barcha isroillik asirlarning ozod etilishini nazarda tutuvchi keng qamrovli sulh bitimiga tayyorligini bildirdi.

Hamas avgust oyida ham Isroil bilan 60 kunlik sulh taklifiga rozi bo‘lgandi. Misrlik rasmiy manbaga ko‘ra, Hamas qabul qilgan taklif Isroilning 60 kun davomida harbiy operatsiyalarini to‘xtatishini va deyarli ikki yillik mojaroga yakun yasovchi keng qamrovli kelishuvning asosiy tamoyillarini belgilashni o‘z ichiga olgan. Netanyahu esa bir necha kundan keyin Isroil barcha garovdagilarni ozod qilish va urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni darhol davom ettirishini, biroq faqat Isroil uchun maqbul shartlarda












