Qozoğiston taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu, biznesmen Gadji Gadjiyev va Milliy xavfsizlik qömitasining bir neçta yuqori lavozimli xodimlari hibsga olindi.
Bu haqda Qozoğiston huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi manbalariga tayanib, Orda.kz naşri xabar berdi. Rasmiylar bu xabarni rad etmoqda.
Orda.kz'ning yozişiça, Nurtleu öz uyida qölga olingan. U bir kun avval Xitoyda bölib ötgan ŞHT sammitidan qaytgandi. Vazir va Gadjiyevning uylarida tintuv ötkazilgan. Naşr uşlangan MXQ xodimlarining ismlari aniqlaştirilayotganini aytdi.

Qozoğistonlik biznesmen va menejer Gadji Gadjiev 51 yoşda. U 2017 yildan beri SA Construction Group korxonasi boş direktori hisoblanadi.
Qozoğiston madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva ijtimoiy tarmoqda davlat xizmatçilarining hibsga olinişi haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqatilayotganini yozdi. Lekin, u holatni rad ham qilmadi.
«Ba’zi rasmiy OAV va anonim Telegram-kanallarda davlat xizmatçilarining hibsga olinişi yuzasidan tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqatilmoqda. Esda tutiş kerakki, tarqatilayotgan ma’lumotlarning işonçliligini tekşiriş majburiyati, aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi hamda jurnalistlik etikasi mavjud», deyiladi vazirning bayonotida.
Şuningdek, u professional jurnalistlar rioya etişi kerak bölgan majburiyatlar haqida gapirib, yolğon ma’lumot tarqatiş uçun javobgarlik borligini eslatgan.
Bundan taşqari, Qozoğiston Prezidenti huzuridagi Markaziy kommunikatsiyalar xizmati Dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi uşbu xabarni rad qildi. «Qozoğiston taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu va biznesmen Gaji Gadjiyevning göyoki hibsga olingani haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi», deyiladi markaz xabarida.

















