Rossiya iqtisodiyoti kutilganidan ham tezroq sekinlaşa boşladi. Joriy yildagi iqtisodiy ösiş prognozi 1,2 foizgaça pasaytirildi. Bu energetika sektoridan kelayotgan daromadlarning keskin kamayişi fonida yuz beryapti. Birinçi yarim yillikda «Rosneft», «Tatneft», «Lukoyl» va «Gazprom Neft»ning sof foydasi 2-3 barobarga qisqarib ketgan.

Rekord darajadagi harbiy xarajatlar

Germaniya Xalqaro xavfsizlik muammolari instituti ilmiy xodimi Yanis Klyugening tahlillariga köra, 2025 yilning birinçi yarmida Rossiya budjetidan harbiy xarajatlarga ajratilgan mablağ 8 trln 484 mlrd rublni taşkil etib, mutlaq rekord örnatgan.

Bu miqdor ötgan yillarning mos davriga nisbatan sezilarli darajada köp: 2024 yilga nisbatan 31 foizga, 2023 yilga nisbatan 95 foizga, 2022 yilga nisbatan esa 3 barobarga.

Klyugening qayd etişiça, joriy yilning birinçi va ikkinçi çoraklarida Rossiya armiyasi va qurol işlab çiqarişga kuniga örtaça 46,9 mlrd rubl sarflagan. Taqqoslaş uçun, bu – Rossiyaning ayrim mintaqalari, jumladan Qoraçoy-Çerkesiya va Oltoy Respublikasining yillik budjetidan ham yuqori.

Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin keltirgan raqamlarga köra, joriy yilning dastlabki 6 oyida davlat budjeti daromadlari 17,5 trln rubldan oşgan. Bu esa soliq tölovçilar hisobidan federal budjetga tuşgan har ikkinçi rubl armiya va qurol xaridiga sarflanayotganini anglatadi.

Reuters'ning öz manbalariga tayanib yozişiça, Kreml Ukrainadagi tinçlik muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlansa ham, 2026 yilda harbiy xarajatlarni qisqartirişni rejalaştirmayapti.

Neft daromadlari karrasiga qisqardi

Birinçi yarim yillikda Rossiyaning neft kompaniyalari daromadlari ham keskin qisqargan. Bloomberğning