Xitoy Turkmanistondagi «Galqiniş» gaz konining törtinçi navbatini özlaştiriş böyiça xalqaro tenderda ğolib çiqdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedov Pekinda Xitoy raisi Si Jinping bilan bölgan uçraşuvda ma’lum qildi.
Berdimuhamedov sözlariga köra, Turkmaniston va Xitoy örtasida gaz sohasidagi hamkorlikning asosiy tamoyillari töğrisidagi boş kelişuv loyihasi tayyorlangan. Aynan şu hujjat asosida energetika sohasidagi şeriklik yanada rivojlantiriladi.
Si Jinping öz navbatida, «Galqiniş»ni özlaştiriş va Turkmaniston gazini yetkazib berişda iştirok etiş Xitoy uçun katta şaraf ekanini ta’kidlab, xitoylik hamkorlarga yaratilayotgan şaroitlar uçun minnatdorlik bildirdi.
Turkmaniston tomoni gaz sanoati ikki tomonlama hamkorlikda strategik örin tutişini ta’kidladi. «Turkmaniston - Xitoy» gaz quvuri 15 yildan ortiq vaqtdan beri işlab kelmoqda va tomonlar uni yanada kengaytirişni maqsad qilgan.
Turkmanistondagi «Galqiniş» koni dunyodagi eng yirik konlardan biri hisoblanadi: uning qöşni tuzilmalar bilan birgalikdagi umumiy zaxiralari 27,4 trillion kub metr gazga baholanmoqda. GaffneyCline kompaniyasi ma’lumotlariga köra, faqat konning özida zaxiralar 20 trillion kubometrdan oşadi, mahsuldor qatlamlarning qalinligi 600 metrdan ortiq.
«Galqiniş»ni özlaştiriş 2013 yilda boşlangan bölib, 7 bosqiçi közda tutilgan. Hozir birinçisi işlamoqda, 52 ta quduq foydalanilmoqda, yana 10 ga yaqin quduq qazilmoqda. Quduqning örtaça debiti sutkasiga 1,5 mln kubometr, bir qator obektlar böyiça esa 3 mln. Har bir bosqiç böyiça doimiy qazib olişning taxminiy muddati 30 yildan oşadi va salohiyati yiliga 200 milliard kub metrgaça yetadi.

















