8 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Uçtepa tuman sudida ötkazilgan majlis 2 soatdan köproq davom etdi. Oçiq sud majlisida önlab fuqarolar ham iştirok etdi. Bu haqda sud majlisida bevosita qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Iş – sudya Bobur Rahimov raisligida, qoralovçi – Uçtepa tumani prokurori örinbosari Erkin Narzullayev, şuningdek Abdulloh Sodiq boşçiligidagi advokatlar iştirokida körib çiqilmoqda.
Ikkinçi sud majlisida Alişer Tursunov tomonidan ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilingan materiallariga tergov organining söroviga köra xulosa bergan ekspertlar qatnaşdi. Xususan, "Renessans" universitetining siyosatşunoslik fanlari böyiça professori Odil Musayev materiallar böyiça siyosiy xulosalar bergan. Din işlari böyiça qömita Dinşunoslik ekspertizasi bölimi mutaxassisi Şahboz Nizomov esa materiallarni diniy nuqtayi nazardan baholagan.

Ekspertlar va advokatlar jamoasining sud tortişuvidan söng, ikkinçi majlis yakunlandi va sud 15 sentabrga qadar tanaffus e’lon qildi.
Birinçi sud qanday bölgandi?
Alişer Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining uçta moddasi böyiça ayblov qöyilgan:
- 244-3-modda: Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş;
- 244-1-modda: Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş;
- 156-modda: Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş.
19 avgust kuni bölib ötgan sud majlisida Mubaşşir Ahmad diniy materiallarni Din işlari böyiça qömitaning ruxsatisiz tarqatganini tasdiqlagan va buni Özbekiston hududida bölmagani bilan izohlagandi. U qolgan ikkita modda böyiça ayblovni ham tan olmasligini bildirdi.

Sudya prokurorning iltimosiga asosan majlisni audio va foto-videolarni yozib oliş taqiqlagan. Lekin sud jarayoni oçiq ötadi – unda OAV va jamoatçilik vakillari iştirok etişi mumkin.

















